Theoretical and Practical Legal Issues in Preventing Corruption-Related Crimes
Annotation / Abstract
Abstract: This article analyzes the causes of corruption-related crimes and measures to prevent these crimes. Also, based on surveys conducted among the population, it is justified to increase the legal awareness and culture of the population in order to prevent corruption-related crimes, to organize regular consultation courses forthem, and to carry out preventive work on a regular basis. As a result of the research, a number of theoretical and practical proposals were developed.
Full text
Korrupsiyaning xususiy muammolari ildizlari bilan sho‘ro davriga borib taqaladigan muammolarning davomi hisoblanadi. Ularning ayrimlari o‘tish davri sharoitlari ta’sirida keskinlashgan. O‘sha davrdagi sud tizimi samaradorligi darajasining pastligi, aholi huquqiy ongining rivojlanmagani, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning vakillari faqat “davlat manfaatlari” va “jamoat mulki”ni muhofaza qilishga odatlangani shular jumlasidandir.
Jinoyatchilik, shuningdek korrupsiya muammosiga doir maxsus kriminologik adabiyotlar tahlili korrupsiyani o‘zining tabiiy mahsuli sifatida belgilovchi sabablar va shart-sharoitlar (omillar)ning ayrim guruhlarini qayd etish imkonini beradi. Ijtimoiy hayot mazmuni yoki sohalariga ko‘ra bunday omillar qatoriga huquqiy, tashkiliy-boshqaruv, tarbiyaviy, mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sabablar hamda shart-sharoitlar kiradi [4; 180-b.].
Korrupsiyani belgilovchi huquqiy omillar qatoriga aksariyat mutaxassislar ayrim faoliyat sohalari huquqiy jihatdan lozim darajada tartibga solinmaganini va amaldagi qonun hujjatlaridagi mavjud kamchiliklarni kiritadilar.
Ular orasida quyidagi kamchiliklar ayniqsa ko‘p qayd etiladi:
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining xizmat vakolatlari lozim darajada tartibga solinmagani;
- korrupsiyaning muayyan ko‘rinishlari uchun javobgarlik to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari lozim darajada samarali emasligi;
- muayyan siyosat subyektlari — davlat hokimiyati vakillari va bu lavozimlarga nomzodlarga jinoiy ta’qibdan immunitet huquqi berilganligi.
Zero, bu javobgarlikdan har qanday tarzda ozod qilish mavjud xulq-atvor normalari buzilishiga sabab bo‘ladi, korrupsiya jinoyatchiligiga qarshi kurashning maqsadi — har bir jinoyat uchun va har qanday shaxsga, uning siyosiy maqomidan qat’i nazar, jinoyat qonuni qo‘llanilishining muqarrarligiga ziddir.
Korrupsiyani belgilovchi tashkiliy-boshqaruv omillari guruhi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: vakant oliy davlat lavozimlarini band etishga tanlovlar soni ko‘p emasligi, professional xizmatchilar va siyosiy belgiga ko‘ra tayinlanadigan amaldorlar tizimining mavjudligi;
References
Foydalanilgan manbalar
- Xalq so‘zi. – 2020-yil 30-dekabr. – 3-b.
- Криминология: Учебник / Под ред. Е.О. Алауханова. – Алматы: Жел жарғы, 2005. – С. 56.
- Abdurasulova Q.R. Korrupsiyaga qarshi kurash: bu borada chet el qonunlarida nimalar belgilangan // Hayot va qonun. – 2003. – №3 (90). – B. 17.
- Алауханов Е.О., Турсынбаев Д.Е. Борьба с коррупцией в государственных органах Республики Казахстан: Учебное пособие / Под ред. Е.О. Алауханова. – Алматы: КазАТК, 2008. – С. 180.
- Отчет Всемирного банка о мировом развитии / Под общ. ред. Д. Тушунова; пер. с англ. Н. Сухова. – Москва: Прайм-Тасс, 1997. – С. 18.
APA
Vancouver
Authors
Toshkent davlat yuridik universiteti