International Standards on Cybercrime and the Qualification of Cyber-Theft Offenses in the Practice of Foreign Countries
Annotation / Abstract
Abstract. This article analyzes the issues of qualifying theft crimes committed through information and communication technologies (ICT), based on international standards on cybercrime and the experience of foreign states. Furthermore, the article substantiates the necessity of comprehensively qualifying cases involving unauthorized access to computer systems, interference with data, and the unlawful acquisition of property interests.
Full text
AQSHda kiberoʻgʻriliklarni kvalifikatsiya qilishda “himoyalangan kompyuterga ruxsatsiz kirish yoki vakolatdan chetga chiqib kirish” hamda firibgarlik niyati bilan “moddiy belgi”ni qoʻlga kiritish holatlari “Computer Fraud and Abuse Act (CFAA)” doirasida markaziy oʻrin tutadi. CFAA konstruktsiyasi, ayniqsa, bank tizimlariga yoki Internet orqali bogʻlangan infratuzilmaga noqonuniy kirish bilan moliyaviy foyda koʻrish sxemalarida “kirish – egallash – natija” zanjirini isbotlashga qulay. Shu bilan birga, mulkiy zarar, odatda, qoʻshimcha ravishda umumiy firibgarlik tarkiblari (masalan, elektron aloqa vositalari orqali firibgarlik kabi) bilan ham bogʻlanadi. Natijada, kvalifikatsiya “kiber-kirish” va “mulkiy aldov”ning yigʻma huquqiy bahosiga aylanadi.
Fransiyada kiberjinoyatlar klassik “Godfrain” yondashuvi asosida Jinoyat kodeksida avtomatlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash tizimiga “firibgarlik yoʻli bilan kirish yoki unda qolish”ni jinoyat sifatida belgilaydi. Bu norma bevosita “hacking” faktini qamrab oladi. Agar ruxsatsiz kirish natijasida maʼlumotlar oʻzgartirilsa, oʻchirib yuborilsa yoki tizim ishlashi buzilsa, javobgarlik kuchaytiriladigan holatlar vujudga keladi, yaʼni qonun texnik tajovuzning ogʻirlashgan oqibatini alohida yuridik ahamiyatga ega belgi sifatida koʻradi.
Kiberoʻgʻrilikning “mulk” komponenti esa koʻpincha klassik oʻgʻrilik tushunchasi bilan yoki “aldov”ga yaqin tarkiblar bilan bogʻlanadi. Fransiya huquqida oʻgʻrilik “birovning narsasini firibgarlik yoʻli bilan olib qoʻyish” sifatida taʼriflanadi, ammo raqamli aktivlar, hisobdagi mablagʻ va identifikatsiya maʼlumotlari bilan bogʻliq ishlar amaliyotda koʻproq avtomatlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash tizimiga noqonuniy kirish va iqtisodiy zarar mantigʻida kompleks baholanadi. Shu bois fransuz modeli kiberoʻgʻrilikni “tizimga tajovuz” orqali ijtimoiy xavflilikni birinchi oʻringa chiqarib, mulkiy natijani esa qoʻshimcha kvalifikatsiya yoki jazoni individuallashtirish mezoni sifatida yoritishga moyil.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlar JKlarida tatbiq etilayotgan jinoyatlar: a) mulkka qarshi jinoyatlar toʻgʻrisidagi huquqiy normalar keng talqin qilingan va kompyuter talon-torojliklari qonun analogiyasi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadigan davlatlar; b) kompyuter talon-torojliklari ogʻirlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holat sifatida mulkka qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik belgisi sifatida belgilangan normalar bilan kvalifikatsiya qilinadigan davlatlar; v) mulkka qarshi jinoyatlarga maxsus qonunlar tatbiq etiladigan davlatlar (bunda kompyuter talon-torojliklari uchun JKda emas, balki alohida qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutiladi); g) kompyuter yordamida talon-torojlik sodir etganlik uchun jinoyat qonuni alohida moddasida javobgarlik nazarda tutilgan davlatlar.
Quyida ayrim xorijiy davlatlarning jinoyat qonunchiligida ushbu masalalar talqinini koʻrib chiqamiz.
References
Foydalanilgan manbalar
- Brenner S. Cybercrime and the Law: Challenges, Issues, and Outcomes. – Boston: Northeastern University Press, 2010. – Р. 25–27.
- Council of Europe. Convention on Cybercrime (Budapest Convention), 23 November 2001 // ETS No. 185. – URL: https://www.coe.int/en/web/cybercrime/the-budapest-convention
- Sieber U. Legal Aspects of Computer-Related Crime in the Information Society // Computer Law & Security Review. – 2016. – Vol. 32. – No. 4. – P. 500–515.
- Ambos K. Economic Crime and Cybercrime in European Criminal Law // European Criminal Law Review. – 2018. – No. 3. – P. 289–305.
- Council of Europe. Cybercrime Convention Committee (T-CY): 24/7 Network Guidelines. – Strasbourg, 2020. – URL: https://www.coe.int/en/web/cybercrime/24-7-network
- INTERPOL. Global Cybercrime Strategy and Operations. – Lyon, 2021. – URL: https://www.interpol.int/en/Crimes/Cybercrime
- Степанов-Егиянц В. Ответственность за компьютерные преступления // Законность. – 2005. – № 12. – С. 51.
- Фролов М.Д. Уголовная ответственность за мошенничество в сфере компьютерной информации по законодательству стран Европы и СНГ // Ученые труды Российской академии адвокатуры и нотариата. – 2015. – № 4 (39). – С. 152.
- Уголовный Кодекс Республики Болгария. – Санкт-Петербург: Юридический центр Пресс, 2001 / Под редакцией к.ю.н. А.И. Лукашова.
- Жалинский А.Э. Современное немецкое уголовное право. – М., 2004. – С. 462–463.
- Уголовный кодекс Голландии / Науч. ред. д-ок. юрид. наук Б.В. Волженкин, пер. с англ. И.В. Мироновой. 2-е изд. – СПб.: Юридический центр Пресс, 2015.
- Criminal Code of Denmark as of 2012. // https://www.unodc.org/cld/document/dnk/2011/criminal_code_of_denmark_as_of_2012_danish_version.html
- The General Civil Penal Code of Norway. With subsequent amendments, the latest made by Act of 21 December 2005 No. 131. Act of 22 May 1902 No. 10. // https://www.app.uio.no/ub/ujur/oversatte-lover/data/lov-19020522-010-eng.pdf
APA
Vancouver