Criminological Activity → Volume 1, Issue 4

The Social Portrait of Victims of Cyber Fraud Crimes

24.12.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 7 · 📥 3

Annotation / Abstract

Abstract. The paper presents a social portrait of victims of cybercriminals based on the results of a study of their demographic and socio-economic characteristics.

Full text

2004-2007-yillarda onlayn-bank va elektron to‘lov tizimlarining kengayishi firibgarliklarga yangi yo‘l ochib, “fishing”, “keylogger” (klaviaturada tergan barcha tugmalarini yashirincha qayd etuvchi zararli dastur) va “ilk ijtimoiy injeneriya” usullari jadal rivojlandi. 2010-yillarga kelib smartfonlar va mobil to‘lovlar ommalashganda kiberfiribgarlik global industriya darajasiga yetdi [1].

O‘zbekistonda kiberfiribgarlik bilan bog‘liq holatlar 2014-yildan keyin paydo bo‘la boshladi. Bu onlayn-banking va internet-xizmatlarning ommalashuvi bilan bog‘liq. Firibgarlar bank xodimi sifatida o‘zlarini tanishtirib, mijozlar ma’lumotlariga ega bo‘lish uchun telefon qo‘ng‘iroqlaridan faol foydalana boshladi. Kibermakonni tartibga soluvchi mustahkam qonuniy baza hali shakllanmagan edi. Shu tufayli kiberfiribgarlar maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish maqsadida “ijtimoiy injeneriya”dan keng foydalangan. Internet hali rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida bo‘lgani uchun uning qamrovi ham keng emas edi. Kiberfiribgarliklardan eng ko‘p jabr ko‘rganlar asosan yoshi katta insonlar bo‘lgan.

AQSH Federal tergov byurosi Internet jinoyatlari bo‘yicha murojaatlar markazining 2020-yilgi hisobotida AQSHda kiberfiribgarlik borasida murojaatlar soni 791 mingdan oshgani, bu esa tarixiy rekord ekani qayd etilgan [2].

Shu bilan birga, “Ransomware” bo‘yicha yillik tahliliy hisobotda 2020-yildagi kiberhujumlar 150 foizga o‘sib, asosan, tibbiyot muassasalari, laboratoriyalar va vaksina logistikasi kabi hayotiy muhim infratuzilmalar nishonga olingani ko‘rsatilgan [3].

“Google Threat Analysis Group” pandemiya davrida har kuni “COVID” mavzusi bilan bog‘liq 18 millionga yaqin zararli xabar va fishing urinishlarini bloklaganini ma’lum qildi [4].

References

Foydalanilgan manbalar

  1. History of Phishing
  2. Internet Crime Complaint Center (IC3)
  3. Sophos Cybersecurity Reports
  4. Google Threat Analysis Group
  5. Europol
  6. Deloitte Research
  7. Check Point Research
  8. O‘zbekistonda kiberfiribgarlik holatlari haqida ma’lumot
  9. O‘zbekistonda kiberhujumlar statistikasi
  10. Victim Support Europe
  11. Euronews: Cybersecurity
  12. CyberLeninka: Kiberfiribgarlar tomonidan ijtimoiy injeneriya texnologiyalaridan foydalanish
  13. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 560-II-sonli qonuni.
  14. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-764-son qonuni.
  15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-153-son qarori.
  16. Qobilov Sh.A. Kiberjinoyatlarning iqtisodiy zarari: O‘zbekistonda raqamli firibgarliklarning oqibatlari va ularni kamaytirish yo‘llari.
  17. Journal of Effective Learning and Sustainable Innovation. Vol.3 №5 (2025). May.
  18. Rossiya Markaziy banki: Kiberxavfsizlik bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar
  19. O‘zbekiston Respublikasi statistika axborot tizimi
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Allambergenov, Islombek (2025). The Social Portrait of Victims of Cyber Fraud Crimes. Criminological Activity, 1(4), 138–141. https://doi.org/

Vancouver

Allambergenov, Islombek. The Social Portrait of Victims of Cyber Fraud Crimes. Criminological Activity. 2025;1(4):138-141.