The Concept of Sexual Crime and Its Place in the System of Crimes Against the Person
Annotation / Abstract
Abstract. The article highlights the concept of sexual crimes, their place in the system of crimes against the person, defines the concept of sexual crimes based on the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, and expresses relevant opinions and considerations regarding sexual crimes.
Full text
Mamlakatimiz qonunlarida inson shaxsi va uning huquqlari har tomonlama muhofaza qilinadi. Mazkur qonunlardan ko'zlangan maqsad insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashdan iborat. Bu borada, ayniqsa, jinoyatga oid qonunlarning ahamiyati g'oyatda katta. Haqiqatan ham, jinoyatga oid qonunlar inson va fuqarolarning eng asosiy – fundamental huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun xizmat qiladi.
Ayni vaqtda, jinoyat qonuni bilan taqiqlangan va jazoga sazovor bo'lgan har qanday qilmish jamiyatda qabul qilingan axloq normalariga ham zid ekanligi o'z-o'zidan ayon. Shaxsning jinsiy daxlsizligiga qilinadigan ijtimoiy xavfli tajovuzlarga qarshi kurash davlat hamda jinoyat huquqi oldida turgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi.
Shaxs erkinliklari hamda huquqlari jinoyat qonunining normalari va boshqa huquqiy normalar bilan ham qo'riqlanadi. Prof. M.X. Rustambayev qayd etganidek, “qo'riqlovchi normalar tizimida jinoyat qonunlari alohida, o'ziga xos o'rin egallab, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ularni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash yo'li bilan muhofaza qiladi” [2].
Shaxs huquqlari va erkinliklarining muhofaza qilinishini ta’minlashda 1994-yilda qabul qilingan va 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur kodeksning “Shaxsga qarshi jinoyatlar” bo'limida hayotga, sog'liqqa, jinsiy erkinlikka, insonning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi qilingan tajovuzlar uchun javobgarlik nazarda tutiladi.
Qonunlarimizda ayolning sha’ni va qadr-qimmati alohida muhofaza qilinadi. Zero, bunday muhofaza jamiyat madaniyati darajasining mezonidir. Ayol, albatta, nafaqat jinoyat qonuni bilan, balki ma’naviy-axloqiy tuyg'ularni tarbiyalash, muomala madaniyatini shakllantirish, jinsiy tarbiya yo'li bilan ham himoyalanadi. Zotan, bu omillar jinsiy jinoyatlar, ayniqsa, nomusga tegish jinoyatlariga qarshi kurashda alohida o'ringa ega.
References
Foydalanilgan manbalar
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2023. – 16-b.
- Рустамбаев М.Х. Преступления против личности. – T.: Эльдинур, 1998. – С. 10.
- Люблинский П.И. Преступления в области половых отношений. – М., – Л.: 1985. – С. 13–15; 21.
- Игнатов А.Н. Ответственность за преступления против нравственности (половые преступления). – М.: “Юридическая литература”, 1966. – С. 12.
- Фойницкий И.Я. Курс уголовного права. Часть особенная. – П., 1916. – С. 133.
- Пионтковский А.А. Преступления против личности. – М.: Юридиздат, 1938. – С. 90.
- Сущенко Ю.К. Ответственность за половые преступления. Канд. дисс. – Саратов: 1967. – С. 24.
- Осипов П.П. Половые преступления (общее понятие, социальная сущность и система составов). Автореф. дис.... канд. юрид. наук. – Л., 1967. – С. 15–16.
- Мукажанов А. Понятие и объект изнасилования // Сборник материалов научно-практической конференции. – Алматы: ТОО “Баспа”, 2001. – С. 30–32.
- Rustambayev M.X. Jinoyat huquqi (Maxsus qism): Darslik. – T.: “O'qituvchi”, 2003. – 108-b.
- Конспект лекций по уголовному праву Республики Казахстан (Особенная часть): Практическое пособие. – Алматы: ТОО “Издательство “Норма-К”, 2004. – 14-с.
- Словарь русского языка. 1-том. – М., 1985. – С. 649; Российская криминологическая энциклопедия. – М., 2000. – С. 218.
- O'zbek tilining izohli lug'ati. Ikkinchi jild. – T.: O'zbekiston nashriyoti, 2020. – 167–168-b.
- https://www.gazeta.uz/uz/2024/02/19/crime-stats-uzbekistan/
- Кони А.Ф. Обвинительная речь по делу об убийстве коллежского асессора Чихачева. Собр. соч. 1966. – С. 284.
- Блиндер Б.А. Уголовно-правовая охрана свободы и достоинства женщины. – Т.: ТашГУ, 1971. – С. 3.
- Старович З. Судебная сексология. – М.: Юридическая литература, 1991. – С. 86–88.
- Уголовный кодекс Республики Казахстан. – Алматы: ЮРИСТ, 1999. – 45-с.
- Уголовный кодекс Республики Таджикистан. Официальный текст. – Душанбе: “Қонуният”, 1998. – 258–259-б.
- Уголовный кодекс Испании / Под ред. и с предисловием проф. Н.Ф. Кузнецовой и проф. Ф.М. Решетникова. – М.: Издательство ЗЕРЦАЛО, 1998. – 61-с.
- Уголовный кодекс Франции / Науч. редактирование канд. юрид. наук, доц. Л.В. Голова, канд. юрид. наук, доц. Н.Е. Крыловой; перевод с французского и предисловие канд. юрид. наук, доц. Н.Е. Крыловой. – СПб.: Издательство “Юридический центр Пресс”, 2002. – 197-с.
- Уголовный кодекс Китайской Народной Республики / Под ред. проф. А.И. Коробеева, пер. с китайского Д.В. Вичикова. – СПб.: Издательство “Юридический центр Пресс”, 2001. – 160-с.
- Уголовный кодекс Латвийской Республики / Науч. ред. и вступ. статья канд. юрид. наук А.И. Лукашова и канд. юрид. наук Э.А. Саркисовой; пер. с латышского канд. юрид. наук А.И. Лукашова. – СПб.: Издательство “Юридический центр Пресс”, 2001. – 172-с.
- Уголовный кодекс Эстонской Республики / Науч. ред. и пер. с эстонского В.В. Запевалова; вступ. статья доцента СПбГУ Н.И. Мацнева. – СПб.: Издательство “Юридический центр Пресс”, 2001. – 113-с.
- Уголовный кодекс Федеративной Республики Германии / Науч. ред. и вступ. статья проф. Д.А. Шестакова; предисловие доктора права Г.-Г. Йешека; перевод с немецкого Н.С. Рачковой. – СПб.: Издательство “Юридический центр Пресс”, 2003. – С. 325–332.
APA
Vancouver
Authors
Toshkent davlat yuridik universiteti
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti