Similarities and Differences Between the Special Subject of Crime and the Optional Characteristics of the Subject of Crime
Annotation / Abstract
Abstract: This article examines the similarities and differences between the special subject of a crime and the optional characteristics of the subject of a crime in criminal law. It is demonstrated that the attributes of a special subject serve as additional requirements for the legal elements of a crime and play a crucial role in its qualification. Conversely, optional characteristics function as supplementary factors that are considered in determining the degree of social danger posed by the offense and in the individualization of punishment. The article places particular emphasis on the distinctions between these features in terms of their statutory codification, scope of applicable crimes, and legal significance.
Full text
Ba’zi bir mualliflarning fikricha, “ayrim hollarda Jinoyat kodeksining Maxsus qismi normalarida qo‘shimcha belgilarga ega shaxslar uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilanadi. Masalan, pora olish uchun faqat mansabdor shaxslar javobgar bo‘lsa, dezertirlikda faqat harbiy xizmatchilar javobgar bo‘ladi. Bunday qo‘shimcha belgilar muayyan jinoyatning subyektini tavsiflovchi zaruriy belgi sifatida namoyon bo‘ladi. Yosh va aqli rasolik jismoniy shaxsni jinoyat subyekti deb belgilovchi umumiy belgilar hisoblanadi va shu sababdan ham ular jinoyat subyektining zaruriy yoki umumiy belgilari deb yuritiladi. Jinoyat qonunining maxsus normalarida belgilangan alohida belgilarga ega subyektlar “maxsus subyekt” deb yuritiladi” [2].
A.V. Galaxovaning fikricha, “muayyan jinoyat subyektining belgilarini tadqiq qilish maxsus subyekt xususiyatining o‘ziga xosliklari tufayli qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Qonun chiqaruvchi jinoyat qonunida javobgarlikni differensiatsiya qilishda maxsus subyekt belgilaridan keng foydalansa-da, qonunda jinoyatning maxsus subyekti rasmiy tushunchasi mavjud emas” [3].
Yu.V. Karavayeva maxsus subyektning kriminologik jihatlarini ko‘rib chiqib, quyidagi xulosalarga kelgan: “Kriminologik-huquqiy yondashuv doirasida jinoyatning maxsus subyekti tushunchasini quyidagicha shakllantirish mumkin: bu jismoniy, axloqiy jihatdan sog‘lom shaxs bo‘lib, qonun bilan belgilangan jinoyat uchun javobgarlik yoshiga yetgan va jinoyatni o‘zining ijtimoiy maqomi yoki roli orqali sodir etgan shaxsdir. Shu bilan birga, shaxs jinoyatning maxsus subyekti ekanligini belgilovchi xususiyat — uning ijtimoiy maqomi yoki rolini qonun (huquq normasida) aks ettirish hisoblanadi” [4].
References
Foydalanilgan manbalar
- Abdurasulova Q.R. Jinoyatning maxsus subyekti: Oʻquv qoʻllanma. – T.: TDYUI nashriyoti, 2005. – 4 b.
- Кузнецова М.Ф., Тяжкова И.М. Курс уголовного права. Т.1. – М., 2005. – С. 166.
- Галахова А. В. Субъект преступления и его толкование в судебной практике // Российская юстиция. – 2008. – № 2. – С. 38–42.
- Караваева Ю. С. Специальный субъект преступления: криминолого-правовой подход: Дис. …канд. юрид. наук. – Омск, 2017. – 198 с.
- Abdurasulova Q.R. Jinoyatning maxsus subyekti: Oʻquv qoʻllanma. – T.: TDYUI nashriyoti, 2005. – 37–38-b.
- Кузнецова М.Ф., Тяжкова И.М. Курс уголовного права. Т.1. – М., 2005. – С. 183.
- Abdurasulova Q.R. Jinoyatning maxsus subyekti: Oʻquv qoʻllanma. – T.: TDYUI nashriyoti, 2005. – 38–39-b.
- Субъект преступления: Учебное пособие / М. А. Любавина. – Санкт-Петербург: Санкт-Петербургский юридический институт (филиал) Академии Генеральной прокуратуры Российской Федерации, 2014. – С. 52.
- Уголовное право Российской Федерации. Общая часть: учебник для вузов / Под ред. В. С. Комиссарова, Н. Е. Крыловой, И. М. Тяжковой. – М., 2012. – 879 с.; Уголовное право Российской Федерации. Общая и Особенная части: Учебник / Под ред. А. И. Чучаева. – М., 2013. – 704 с.; Ермакова Л. Д. Специальный субъект преступления // Уголовное право Российской Федерации. Общая часть / Под ред. Б. В. Здравомыслова и др. – М., 1994. – С. 217.
- Уголовное право России. Общая часть: Учебник / Под ред. Ф.Р. Сундурова, И.А. Тарханова. 3-е изд., перераб. и доп. – М., 2009. – 751 с.
APA
Vancouver
Authors
Toshkent davlat yuridik universiteti