Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

The Role and Significance of Operational-Search Activities in Crime Prevention and Crime Control

27.12.2024 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. The article provides scientific-theoretical opinions on the role and importance of operational- search activities in the prevention and fight against crimes, excellent forecasting of the strategy of the bodies carrying out this activity, improving the tactics of ways and Means, forms and methods of the struggle to achieve the intended goal in accordance with certain conditions.

Full text

Tezkor-qidiruv faoliyatining strategiyasi va taktikasini o‘rganish hamda tahlil qilish, o‘z navbatida, respublikamizda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish uchun dolzarbdir. Zero, davlatning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun mamlakat miqyosida muayyan yo‘nalishda ishlab chiqiladigan strategiya va unga hamohang ravishda qo‘llaniladigan taktika konseptual ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda olimlar tomonidan tezkor-qidiruv taktikasining nazariy qoidalarini o‘rganish uchun bir-biridan mustaqil bo‘lgan quyidagi ikki asosiy yo‘nalish ko‘proq e’tirof etilmoqda [4, 26-b.].

Birinchi yo‘nalish — jinoyatlarni fosh etishda foydalaniladigan kuch, vosita va metodlarni ta’minlab borish. Ushbu yo‘nalishga kiradigan tezkor-qidiruv vaziyati, tezkor-qidiruv versiyasi (taxmini), tezkor taktik bashorat (prognoz) va rejalashtirish, strategik va taktik qarorlarni ishlab chiqish hamda qabul qilishning, taktik operatsiya va tezkor kombinatsiyalar nazariyasining, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning o‘zaro, shu jumladan ushbu subyektlarning ma’muriy-huquqiy, jinoiy-huquqiy, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya faoliyatni olib boradigan davlat organlari bilan hamkorligining tashkiliy-taktik va umumiy qoidalari kabi masalalar hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ikkinchi yo‘nalish — jinoyatlarni fosh etishda foydalaniladigan kuch, vosita va metodlarni takomillashtirish maqsadida tezkor-qidiruv taktikasi muammolarining nazariy jihatlarini o‘rganish. Unga quyidagilarni kiritish mumkin: maxfiylik asosida ko‘maklashish istagini bildirgan shaxslarni tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bilan pulli yoki bepul hamkorlikka tayyorlash va jalb etish taktikasi; fuqarolar bilan tezkor aloqani o‘rnatishga qaratilgan ishonchli munosabatlarni ta’minlash va o‘tkazishning tashkiliy-taktik asoslari; nooshkora xodimni yoki maxfiylik asosida ko‘maklashuvchi shaxsni jinoiy-kriminogen muhitga yoki tezkor ahamiyatga ega bo‘lgan obyektga kiritish va u bilan doimiy aloqani saqlash taktikasi; nooshkora xodimlar tomonidan tezkor texnikani qo‘llashning tashkiliy-taktik asoslari va boshqalar.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz // Zamon bilan hamnafas diyor. 2016-yil 1-noyabrdagi Andijon viloyati saylovchilari vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 22-b.
  2. “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi.
  3. Альферов В.Ю., Гришин А.И., Ильин Н.И. Правовые основы оперативно-розыскной деятельности: Учебное пособие / Под общ. ред. В.В. Степанова. – Саратов, 2016. – С. 12.
  4. Дубоносов Е.С. Оперативно-розыскная деятельность: Учебник и практикум для СПО. – 6-е изд., перераб. и доп. – М., 2017. – С. 26.
  5. Zakirov B.E., Karimov V.G. “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunda inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi // O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining axborotnomasi. – 2013. – №1. – B. 26.
  6. Zakurlayev A.K., Po‘latov Yu.S. Tezkor-qidiruv faoliyati: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2014. – B. 9.
  7. Karimov V.G. Tezkor-qidiruv faoliyati asoslari. – T., 2015. – B. 89–93.
  8. Ожегов С.И., Шведова Н.Ю. Толковый словарь русского языка. – М., 1999. – С. 772.
  9. Основы тактики предотвращения преступлений органами охраны общественного порядка. – М., 1967. – С. 19.
  10. Половка В.В. Тактика оперативно-розыскного обеспечения раскрытия и расследования похищения человека // Вестник Московского университета МВД России. – 2010. – №9. – С. 153.
  11. Po‘latov B. Tezkor-qidiruv faoliyati, uning natijalaridan dalil sifatida foydalanishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. – 2017. – №7. – B. 44.
  12. Трактаты о военном искусстве / Сунь-Цзы, У-Цзы; пер. с кит., предисл. и коммент. Н. Конрада. – М., 2002.
  13. O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 ga yaqin so‘z va so‘z birikmasi / Mas’ul muharrir A. Madvaliyev. – T.: «O‘zbekiston nashriyoti» davlat unitar korxonasi, 2020. 3-jild. – B. 573.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Yuldashev, Muhammadkarim (2024). The Role and Significance of Operational-Search Activities in Crime Prevention and Crime Control. Criminological Activity, 1(1), 131–135. https://doi.org/

Vancouver

Yuldashev, Muhammadkarim. The Role and Significance of Operational-Search Activities in Crime Prevention and Crime Control. Criminological Activity. 2024;1(1):131-135.