The Importance of the “Neighbourhood Watch” Program in Crime Prevention
Annotation / Abstract
Abstract. This article analyzes the “Neighbourhood Watch” program, widely used in the United Kingdom for crime prevention. The history of this program's emergence and the peculiarities of cooperation between the public and police in crime prevention have been studied. Based on the analysis of scientific works of scholars on this topic, conclusions about the positive aspects and shortcomings of the program have been drawn. The similarities and differences between this program and crime-fighting within the framework of the mahalla institution in Uzbekistan are compared. Recommendations have been developed to expand cooperation between law enforcement agencies and the public in crime prevention in Uzbekistan.
Full text
Ilk “Home Watch” guruhi o‘z samarasini ko‘rsatgach, 1980 yillar davomida mamlakat bo‘ylab shunga o‘xshash mahalla kuzatuvi tizimlari tobora ko‘payib bordi. Ko‘plab shahar va qishloq jamoalari o‘z ko‘ngilli guruhlarini tuzib, mahalliy politsiya bilan hamkorlikda jinoyatlarning oldini olishga kirishdilar.
Vaqt o‘tishi bilan “Home Watch”, keyinchalik “Neighbourhood Watch” harakati yanada tashkillashtirilgan tuzilmalarga ega bo‘la boshladi — avvaliga har bir mahallada alohida guruhlar, so‘ngra tuman va mintaqaviy darajada uyushmalar shakllandi.
Nihoyat, 2007-yilga kelib, politsiya va Ichki ishlar vazirligi (Home Office) ko‘magida butun Angliya va Uels bo‘ylab “Neighbourhood Watch” guruhlarini birlashtiruvchi ilk milliy uyushma — Neighbourhood & Home Watch Network (NHWN) tashkil etildi.
Ushbu tuzilma mahalla kuzatuv guruhlarini rivojlantirish, ularning o‘zaro va politsiya bilan aloqasini mustahkamlash hamda asosan uy-joy o‘g‘riliklari va shaxsiy xavfsizlikka tahdid soluvchi jinoyatlarni kamaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab keldi.
Shu tariqa, “Neighbourhood Watch” dasturi o‘zining qariyb 40 yillik tarixida mamlakat miqyosida samarali tizim sifatida shakllandi va boshqa ko‘plab davlatlarda ham qo‘llanila boshlandi.
“Neighbourhood Watch” dasturining asosiy maqsadi:
- jinoyatchilikning oldini olish va mahallada xavfsiz muhit yaratish;
- politsiya va mahalliy aholi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash;
- fuqarolarni faol kuzatuvchi, mas’ul va xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘shuvchi subyekt sifatida shakllantirish;
- o‘zaro yordam va qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish orqali jinoyatchilikning ildiz sabablarini bartaraf etish.
Ushbu dastur quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi:
References
Ilk “Home Watch” guruhi o‘z samarasini ko‘rsatgach, 1980-yillar davomida mamlakat bo‘ylab shunga o‘xshash mahalla kuzatuvi tizimlari tobora ko‘payib bordi. Ko‘plab shahar va qishloq jamoalari o‘z ko‘ngilli guruhlarini tuzib, mahalliy politsiya bilan hamkorlikda jinoyatlarning oldini olishga kirishdilar.
Vaqt o‘tishi bilan “Home Watch”, keyinchalik “Neighbourhood Watch” harakati yanada tashkillashgan tuzilmalarga ega bo‘la boshladi. Dastlab har bir mahallada alohida guruhlar tashkil etilgan bo‘lsa, keyinchalik tuman va mintaqaviy darajadagi uyushmalar shakllandi.
Nihoyat, 2007-yilga kelib, politsiya va Ichki ishlar vazirligi (Home Office) ko‘magida butun Angliya va Uels bo‘ylab “Neighbourhood Watch” guruhlarini birlashtiruvchi ilk milliy uyushma — Neighbourhood & Home Watch Network (NHWN) tashkil etildi.
Ushbu tuzilma mahalla kuzatuv guruhlarini rivojlantirish, ularning o‘zaro va politsiya bilan aloqalarini mustahkamlash hamda asosan uy-joy o‘g‘riliklari va shaxsiy xavfsizlikka tahdid soluvchi jinoyatlarni kamaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab keldi.
Shu tariqa, “Neighbourhood Watch” dasturi qariyb 40 yillik tarix davomida mamlakat miqyosida samarali tizim sifatida shakllandi va boshqa ko‘plab davlatlarda ham qo‘llanila boshlandi.
“Neighbourhood Watch” dasturining asosiy maqsadi:
- jinoyatchilikning oldini olish va mahallada xavfsiz muhit yaratish;
- politsiya va mahalliy aholi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash;
- fuqarolarni faol kuzatuvchi, mas’ul va xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘shuvchi subyekt sifatida shakllantirish;
- o‘zaro yordam va qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish orqali jinoyatchilikning ildiz sabablarini bartaraf etish.
Ushbu dastur quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi:
- Mahalla aholisi o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
- Shubhali holatlar haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tezkor xabar berish.
- Fuqarolarning jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faolligini oshirish.
- Mahallalarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish.
Foydalanilgan manbalar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-10-son farmoni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-22-son qarori.
- Our Watch tadqiqot materiallari.
- Bennett T., Holloway K., Farrington D.P. A Review of the Effectiveness of “Neighbourhood Watch”. Security Journal, 2009.
- Mukherjee S., Wilson P. “Neighbourhood Watch”: issues and policy implications. Australian Institute of Criminology, 1987.
- Chenery S. Neighborhood Watch. Oxford Research Encyclopedia of Criminology.
- Moores C. Thatcher’s troops? “Neighbourhood Watch” schemes and the search for ordinary Thatcherism in 1980s Britain.
- Pepper M., Bullock K. The contemporary position of “Neighbourhood Watch” in the United Kingdom.
APA
Vancouver
Authors
Parlament tadqiqotlari instituti