Criminological Activity → Volume 1, Issue 2

Criminological Foundations of Studying the Personality of Female Offenders

27.06.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 2

Annotation / Abstract

Abstract. This article analyzes the personality traits of female criminals and the criminological aspects of their study. It examines the reasons for the rise in female crime and the social and economic factors influencing this phenomenon. The research is based on the analysis of legal documents, statistical data, and modern criminological theories. The article suggests scientific and practical approaches to studying the personality of female criminals.

Full text

Biroq, zamonaviy jamiyatda ayollar jinoyatchiligi ommaviy axborot vositalarining keng yoritishi natijasida dolzarb mavzuga aylanmoqda. So‘nggi yillarda ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bunga sabab sifatida ayollarning jamiyatdagi mavqeyi, oilaviy muhit va mehnat bozoridagi tengsizlik hamda turmush tarzining murakkablashuvi ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarining ta’siri ham muhim omil sifatida ko‘riladi.

O‘zbekiston sharoitida ham ayollar jinoyatchiligining o‘sishi muayyan holatlarda kuzatilmoqda. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar umumiy jinoyatlar sonining nisbatan kam qismini tashkil etsa-da, ayrim toifadagi jinoyatlar, ayniqsa, iqtisodiy jinoyatlar va oilaviy muammolar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarda ayollarning ishtiroki sezilarli darajada ortib bormoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda har 100 000 ayoldan 12,3 nafari jinoyat sodir etgan. Bu xalqaro miqyosda past ko‘rsatkich bo‘lsa-da, ayrim qo‘shni davlatlar bilan taqqoslaganda yuqoridir. Masalan, Hindistonda har 100 000 ayoldan 8 nafari jinoyat sodir etgan bo‘lsa, rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori: AQSHda 1154, Germaniyada 516, Tailandda 316 nafar. Ayollar jinoyatchiligining bunday tafovut bilan taqsimlanishi mamlakatlardagi huquqiy tizim, iqtisodiy sharoit va ijtimoiy omillarga bog‘liq.

Taniqli kriminolog Otto Pollak (1950) o‘z vaqtida ayollar jinoyatchiligini “yashirin jinoyat” deb atagan [5]. Uning yozishicha, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ko‘pincha aniqlanmay qoladi yoki yumshoqroq jazolanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli ayrim mamlakatlarda ayollar jinoyatchiligining real darajasi rasmiy statistikadan farq qilishi mumkin.

References

Biroq, zamonaviy jamiyatda ayollar jinoyatchiligi ommaviy axborot vositalarining keng yoritishi natijasida dolzarb mavzuga aylanmoqda...

O‘zbekiston sharoitida ham ayollar jinoyatchiligining o‘sishi muayyan holatlarda kuzatilmoqda...

Foydalanilgan manbalar

  1. Abdurasulova Q. Ayollar jinoyatchiligining jinoyat huquqiy va kriminologik muammolari: Monografiya. – T., 2005.
  2. Karaketov Y.M., Usmonaliyev M. Jinoyatchilikka qarshi kurashning kriminologik choralari. – T.: O‘zbekiston, 1995. – 228-b.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Oʻrinova, Dilshoda (2025). Criminological Foundations of Studying the Personality of Female Offenders. Criminological Activity, 1(2), 83–86. https://doi.org/

Vancouver

Oʻrinova, Dilshoda. Criminological Foundations of Studying the Personality of Female Offenders. Criminological Activity. 2025;1(2):83-86.