Expert Assessments of the Concept of Public Safety
Annotation / Abstract
Abstract. The article presents definitions of the concept of public security in conceptual and strategic documents, as well as the opinions of foreign and domestic scientists, in addition, a comparative analysis of the concept of public security is made.
Full text
Xususan, olimlarning jamoat xavfsizligi tushunchasiga bergan ta’riflari hamda fikr-mulohazalari shartli ravishda keng va tor ma’noni anglatuvchi guruhlarga bo‘lindi.
Jumladan, keng ma’noda o‘zbek huquqshunosi, yuridik fanlar doktori, professor M.X. Rustambayevning “Jamoat xavfsizligini ta’minlash fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish va boshqa shu kabi muhim masalalar bo‘yicha turli chora-tadbirlarni amalga oshirishda ifodalanadi” degan fikrini keltirish mumkin [1].
Shuningdek, bir qator olimlar jamoat xavfsizligi tushunchasini keng ma’noda holat, tizim yoki jarayon deb ta’riflagan bo‘lsa, ayrim olimlar tor doirada metodik asos, munosabat, element, chora-tadbirlar deb fikr bildirganlar.
Xususan, olim S.V. Nesterov o‘z tadqiqotlarida, jamoat xavfsizligi deganda, jamiyatning g‘ayrihuquqiy tavsifdagi tahdidlardan himoyalanganlik holati tushunilishini keltirib o‘tgan [2].
N.A. Bosxamdjiyevaning tadqiqotlarida jamoat xavfsizligiga milliy xavfsizlikning ajralmas qismi, ijtimoiy guruhlar va odamlar muloqoti, inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, jamiyatning boshqa qonuniy manfaatlarini tashkil etishning asosini tashkil etuvchi moddiy va ma’naviy qadriyatlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar, texnogen va tabiiy xususiyatga ega bo‘lgan zararli hodisalar, ushbu huquqlar va qonuniy manfaatlarga tahdid soluvchi boshqa omillar va shart-sharoitlardan himoyalanganlik holati sifatida qarash taklif etilgan [3].
References
Foydalanilgan manbalar
- Rustambayev M.X. Sovershenstvovanie primeneniya sovremennyh tehnologiy pri obespechenii obshchestvennoy bezopasnosti // “Jamoat xavfsizligi” ilmiy-amaliy jurnali. – Toshkent, 2021. – №1. – B.28.
- Nesterov S.V. Formy souchastiya v prestupleniyah protiv obshchestvennoy bezopasnosti: Avtoref. dis. ... kand. yurid. nauk. – Moskva, 2016.
- Bosxamdjiyeva N.A. Administrativno-pravovye osnovy obespecheniya obshchestvennoy bezopasnosti v Rossiyskoy Federatsii: Avtoref. dis. ... d-ra yurid. nauk. – Moskva, 2013.
APA
Vancouver