Certain Aspects of Economic Corruption Crimes and the Factors Contributing to Their Commission
Annotation / Abstract
Abstract. This article analyzes various aspects of economic crimes related to corruption, along with the factors that contribute to their occurrence. The study evaluates the negative impact of these crimes on economic development and proposes preventive measures. Information on the latent nature of corruption crimes, the involvement of state officials, and the influence of the shadow economy is provided. Special attention is given to Uzbekistan’s anti-corruption reforms and government policies aimed at reducing crime rates.
Full text
O‘zlashtirish ochiqdan-ochiq yoki yashirin, niqoblangan usullar bilan sodir etilishi aniqlangan. Yashirin yoki niqoblangan usullarda sodir etish qalbaki hujjatlar rasmiylashtirish, bajarilmagan ishlarni bajarilgan qilib ko‘rsatish, davlat xaridlarida haqiqiy narxlardan oshirib yozish va ortiqcha rasmiylashtirilgan mablag‘larni o‘zlashtirib yuborish, sifati past bo‘lgan buyumlarni sifati yuqori deb rasmiylashtirish orqali yuqori narxlardagi tovarlarga ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirib yuborish kabi harakatlar bilan sodir etilishi kuzatiladi.
Respublika Bosh prokuraturasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda 1 804 ta jinoyat sodir etilib, 1 778 nafar mansabdor shaxs, 2024-yilning olti oyida esa 2 525 ta jinoyat sodir etilib, 2 389 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ushbu jinoyatlar natijasida yetkazilgan zarar 879 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 750 mlrd so‘mi (85 %) undirilgan [1].
Jamiyatda vujudga keladigan yashirin iqtisodiyotning zararlari ko‘lamini aniqlash juda murakkab bo‘lib, uning barcha sohalarini aniqlash va ularni bir butunlikda hisoblash birmuncha qiyinchilik tug‘diradi. Yashirin iqtisodiyot ko‘lamini davlatning iqtisodiy ahvoli qay darajada ekanligi orqali ham aniqlash mumkin. Davlat iqtisodiy inqirozining kuchayib borishi yashirin iqtisodiyotning ham kuchayib borayotganligidan dalolat beradi.
Oxirgi yillarda iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish borasida davlatimiz tomonidan bir qator jiddiy islohotlar amalga oshirilganligiga qaramay, davlat mablag‘larini talon-toroj qilish jinoyatlarining ko‘payib borayotganligi hali bu borada muammolar yetarli ekanligidan va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘pligidan dalolat beradi.
References
Foydalanilgan manbalar
- https://president.uz/uz/lists/view/6935
- https://www.transparency.org/en/cpi/2023/index/uzb
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy veb-sayti // https://www.prokuratura.uz/#/newsview?id=9149
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-saytidan olingan ma’lumot, 13.09.2024 // https://president.uz/uz/lists/view/6935
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoni // https://lex.uz/uz/docs/5495529
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-dekabrdagi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi // https://yuz.uz/news
- BMT yangiliklari. 09.12.2023 // https://news.un.org/ru/story/2023/12/1447612
- BMT yangiliklari. 17.02.2021 // https://news.un.org/ru/story/2021/02/1396932
- Дубинин Н.П., Карпец И.И., Кудрявцев В.Н. Генетика, поведение, ответственность. – Москва: Изд-во Политической литературы, 1998. – С. 8.
- Закиров Э.З., Ахмадалиев А.У. Оценка масштабов и факторов теневой экономики в Узбекистане на основе экспертного опроса. https://1economic.ru/lib/110102
- Kriminologiya: Darslik / Z.S. Zaripov, A.S. Yakubov, G.A. Avanesov va boshq.; prof. Z.S. Zaripov tahriri ostida. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006. – B. 278.
- Кузнецова Н.Ф. (лауреат Государственной премии СССР, заслуженный деятель науки РФ) Материалы конференции «Россия и мировой опыт противодействия коррупции» (Москва, 23–24 июня 1999 г.). – Москва: Спарк, 2000. – 203 с.
- Рустамбаев М.Х. Предупреждение преступности в сфере экономики. – Ташкент, 2008. – 340 б.
APA
Vancouver