Organizational and Legal Issues of Improving the Activities of Investigative Units of Internal Affairs Bodies
Annotation / Abstract
Abstract. The article examines the current state of the activities of internal affairs bodies in investigating crimes, organizational and legal problems, the experience of foreign countries in this area and their implementation in domestic practice, as well as issues of regulating the working hours and volumes of investigators and inquiry officers.
Full text
O'z navbatida, ilmiy manbalarda jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning nazariy-amaliy masalalari, tergov harakatlarini o'tkazish taktikasi, jinoyatlarni fosh etishda boshqa xizmatlar va tashkilotlar bilan hamkorlikni takomillashtirish, shuningdek, tergov jarayonida protsessual kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan masalalar keng yoritilgan. Bu yo'nalishdagi tadqiqotlar tergov faoliyatining mazmunan takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etsa-da, ularda tergov bo'linmalarining tashkiliy-huquqiy asoslarini to'laqonli o'rganishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.
Ayniqsa, tergov bo'linmalarining tizimdagi o'rni, tashkiliy tuzilmasi, huquqiy maqomi, vakolatlar taqsimoti, idoralararo muvofiqlashtirish mexanizmlari hamda boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar juda kam. Mazkur holat amaldagi qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyoti o'rtasidagi ayrim muammolarni ilmiy jihatdan chuqur asoslab berishni taqozo etadi.
Shu bilan birga, milliy huquqshunoslikda ichki ishlar organlari tergov bo'linmalari faoliyatiga taalluqli ayrim masalalarni o'rgangan o'zbek olimlari va amaliyotchi mutaxassislarning ilmiy ishlari mavjud. Ularda, asosan, tergov organlarining huquqiy asoslari, tergov faoliyatini takomillashtirish yo'nalishlari, kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan.
Biroq ushbu tadqiqotlar ko'p hollarda umumiy yoki alohida muammolar kesimida olib borilgan bo'lib, tergov bo'linmalari faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy masalalarini tizimli va kompleks yondashuv asosida yoritib bermaydi.
References
Foydalanilgan manbalar
- Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug‘ati / J. Nazarov va boshq. – Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2021. – 123 b.
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot: Darslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan 2-nashr / M. Rustambayev. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 48 b.
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot: Darslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan 2-nashr / M. Rustambayev. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 50 b.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2898-son qarori. https://lex.uz/ru/docs/3180665
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” 2017-yil 12-iyundagi 100-son buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish hamda fosh etish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentyabrdagi VM-727-son qarori. https://lex.uz/docs/3353074
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PQ-105-son qarori. https://lex.uz/docs/5840465
- O‘zbekiston Respublikasining “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-son qonuni. https://lex.uz/ru/docs/3435729
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti