The Foundations of Ensuring Individual Rights and Freedoms During the Consideration of Appeals in Internal Affairs Bodies
Annotation / Abstract
Abstract. The article analyzes the legal, organizational, and practical aspects of ensuring the rights and freedoms of individuals during the process of reviewing appeals from natural and legal persons by the internal affairs bodies. In particular, it examines mechanisms for ensuring the rule of law, transparency, accountability, and protection of citizens' legal interests during the acceptance, registration, verification of appeals, and decision-making processes.
Full text
Dunyoda inson huquqlariga doir umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalari va qoidalari asosan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi [1], Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt [2], Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt [3] hamda boshqa hujjatlarda belgilangan.
Ushbu xalqaro hujjatlar inson huquq va erkinliklarining asosiy xalqaro normativ manbai hisoblanadi. Ular barcha insonlar uchun teng va daxlsiz huquqlarni kafolatlovchi axloqiy, siyosiy va huquqiy dastur sifatida qabul qilingan.
O‘z navbatida, insonlar jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalardan, qonun hujjatlarida belgilangan haq-huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlaridan to‘liq xabardor bo‘lmas ekan, uni ro‘yobga chiqarishga harakat qilmaydi va faollik ko‘rsatmaydi [4].
Masalan, Fransiya Konstitutsiyasining 15-moddasida
jamiyat o‘z ma’muriyatining xohlagan mansabdor shaxsidan hisobot talab qilish
huquqiga egaligi
mustahkamlab qo‘yilgan [5].
Mamlakatimizda esa fuqarolarning murojaat qilish huquqini himoya qilish tizimining barcha huquqiy asoslari Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan.
Binobarin, har bir jismoniy va yuridik shaxs o‘zining huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun davlat organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslariga qonunda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga egadirlar.
References
Foydalanilgan manbalar
- Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. 1948-yil 10-dekabr BMT Bosh Assambleyasi. Elektron manba: https://constitution.uz/uz/pages/humanrights .
- Международный пакт о гражданских и политических правах. Qabul qilingan: BMT Bosh Assambleyasining 1966-yil 16-dekabrdagi 2200 A (XXI)-rezolyutsiyasi. Elektron manba: https://lex.uz/docs/2640479 .
- Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. Elektron manba: https://lex.uz/docs/2686000 .
- Yuldashov S.O. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: Dissertatsiya tadqiqoti. – Toshkent, 2021. – B. 56.
- Fransiya Respublikasining Konstitutsiyasi.
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, 1991.
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Elektron manba: https://lex.uz/docs/6445147 .
- Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq: Darslik. – Toshkent: Adolat, 2013. – B. 193.
- Изатов А.Н. “Круглый стол” // Государственная служба и государственное управление. – Уфа, 2015. – С. 34.
- Скрябина М.В. Реализация конституционного права граждан на обращения в органы публичной власти: Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. – Санкт-Петербург, 2007. – С. 15–16.
- Yuldashov S.O. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: Dissertatsiya tadqiqoti. – Toshkent, 2021. – B. 64.
- Husanov O.T., Karimova O., Azizov H., To‘ychiyeva H., Karimov Z. Inson huquqlari. – T.: Sharq, 1997. – B. 44.
- O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. Elektron manba: https://lex.uz/docs/97664 .
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Elektron manba: https://lex.uz/acts/111453 .
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 1-yanvardagi 2-son buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 24-apreldagi 200-son buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni. Elektron manba: https://lex.uz/docs/3027843 .
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi IIV