The US Experience in Preventing Corruption in Internal Affairs Bodies
Annotation / Abstract
Abstract. The article describes the fact that corruption is a global problem for any country, regardless of its political system, level of economic and social development, the negative consequences of corrupt situations in law enforcement agencies, including internal affairs, and the importance of the experience of advanced countries that have developed in this direction, in particular, the United States.
Full text
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar ham yo‘q emas. Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 6 oyi mobaynida 2544 nafar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan korrupsiya holatlariga oid 1676 ta jinoyat ishi tergov qilinib, sudlarga yuborilgan. Sud yakunlari bo‘yicha korrupsiyaga oid jinoyat ishlari bo‘yicha 592,5 mlrd. so‘m moddiy zarar yetkazilgani aniqlanib, shundan 170,8 mlrd. so‘mi (28 foizi) undirilib, 421,7 mlrd. so‘mi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilishi belgilangan [3; 1 b].
Bu esa, davlat idoralari xodimlari, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning mukammal metodikasini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Shu sababli yetakchi xorijiy davlatlarning politsiya tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha amaliyotini o‘rganish lozim bo‘ladi.
Ushbu masalada AQSH tajribasi alohida ahamiyatga ega. Xususan, 2017-yilning 18-sentyabrida Vashingtonning Brukings nomidagi institutida korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan anjumanda XVF rahbari K. Lagart dunyo bo‘ylab bir yilda olinadigan poraning umumiy hajmi 2 trln AQSH dollari ekanligini, bu esa dunyo YAIMning 2 foizini tashkil qilishini ta’kidlab o‘tgan bo‘lsa, 2017-yilning 10-dekabrida BMT Axborot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda bir yillik pora miqdori 1 trln AQSH dollarini tashkil etishi, buning natijasida dunyo iqtisodiyotiga 2,6 trln AQSH dollari miqdorida zarar (jahon YAIMning 5 foizi) yetkazilayotganligi ma’lum qilingan.
Umuman olganda, AQSHda korrupsiyaga muhim jinoyat turi sifatida qaralib, jinoyat qonunchiligi bilan ta’qib qilinadi. AQSH Adliya vazirligida asosiy faoliyati mansabdor shaxslar orasida korrupsiyaga qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘lim mavjud. Mazkur bo‘lim qonunlarni buzishda ayblanayotgan boshqaruvning barcha bo‘g‘inidagi saylanadigan va tayinlanadigan mansabdor shaxslar ishi bo‘yicha qat’iy nazoratni olib boradi. AQSHda federal darajada korrupsiyaviy holatlarni tergov qilishda Federal qidiruv byurosi (FBR) muhim ahamiyat kasb etadi.
References
Foydalanilgan manbalar
- Uzbekiston-prezidentligiga-nomzod-shavkat-mirziyoevning-saylovoldi-dasturi // uz24.uz/uz/politics/
- O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruza, 2021 https://aca.uz/storage/JpBf0mwDELIkEu06Uq6G9PgMv25RvRmetaNjl1MzFiMmM3MGNhZWE3MTYzNjA2MWY2Y2RiYzcyMGIwMjAzLnBkZg==-.pdf
- Nodirxonova N. Korrupsiyaga qarshi kurash - davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil. https://strategy.uz/index.php?news=1397
- Кикило В. Лэнгли - 100 гектаров концентрированного шпионажа // Эхо планеты, 1997. - № 42. - С. 11-19.
- https://cyberleninka.ru/article/n/protivodeystvie-korruptsii-v-politseyskih-vedomstvah-ssha-i-evropy
- Кинг Н. Обязанности и привилегии личного состава вооруженных сил США // Гражданское общество и вооруженные силы. - М., 1996. - С. 63-70.
- https://cyberleninka.ru/article/n/zarubezhnyy-opyt-protivodeystviya-korruptsii-v-politsii
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti