Criminological Activity → Volume 1, Issue 2

Enhancing the Image of Internal Affairs Bodies and Their Employees: Theoretical and Methodological Approaches

30.06.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 8 · 📥 3

Annotation / Abstract

Abstract.The article focuses on one of today's most pressing topics - the issue of creating the image of internal affairs bodies and their employees. In the history of science, the conditions for the formation of the image of a person engaged in professional activity are examined.The article presents two different approaches to studying the image of internal affairs bodies and their employees - philosophical and sociological approach. In the process of comparing philosophical views and sociological perspectives with the image of an internal affairs officer, the author notes the similarity of the main requirements for image formation.

Full text

Konfutsiy oʻz mulohazalarida davlat boshqaruvida barqarorlikni jamiyat faoliyatini aniq tashkil etish va shaklga solishda koʻrgan. U dono hukmdor urf-odatga xos amallar toʻplamiga, yaʼni axloqiy qonunga nisbatan ehtirom hissini fuqarolarda tarbiyalash orqali boshqarish, zoʻravonlikka esa faqat oxirgi vosita sifatida murojaat qilish kerak, deb hisoblagan.

Forobiyning fikricha, quyidagi oltita talabga javob beradigan shaxsni davlat tepasiga qoʻyish mumkin: “... qonunlarni, urf-odat va qoidalarni biladigan, xotirasi kuchli, oʻz xatti-harakatlarida jamiyat qonunlariga amal qiladigan va boshqalardan ham shuni talab qiladigan ... har qanday vaziyatda ahvolni tez anglab oladigan, chora-tadbirlarni qoʻllay oladigan, fahm-farosatli, eng oliy maqsadi shahar farovonligini taʼminlash, harbiy yurishlarda mohir, yaʼni ham harbiy sanʼatda, ham davlatni boshqarish sanʼatida yuksak mahorat egasi boʻlishi kerak” [1; 75–76-b.].

N. Makiavelli oʻzining “Hukmdor” nomli asarida hukmdor uni hurmat qilishlari uchun qanday yoʻl tutishi kerakligi, hukmdorlarni nima uchun maqtashlari yoki qoralashlari kerakligi toʻgʻrisidagi asosiy qoidalarni bayon etgan. Asosiy gʻoya muayyan xulq-atvor uslubini tanlash va muayyan fazilatlarni namoyon etishdan iborat. Boshqacha aytganda, hukmdor qiyofasini shakllantirish hokimiyatning toʻligʻicha amalga oshirilishiga xizmat qilgan. Makiavellining “Hukmdor” asarida “hukmdor uchun eng muhimi – barcha ezgu amallari bilan oʻzini buyuk inson, oʻtkir aql egasi sifatida tanitib shuhrat qozonishga intilishdir”, “barcha odamlarda, ayniqsa boshqalardan yuqori turuvchi hukmdorlarda maqtashga yoki qoralashga loyiq boʻlgan u yoki bu sifatlar kuzatiladi” [3].

Shunday qilib, “... oqil hukmdor uni taxtdan mahrum etishi mumkin boʻlgan nuqsonlardan uzoqlashishi, qolganlaridan esa imkon qadar tiyilishi kerak, xolos” [4; 86-b.], “... hukmdor uchun eng muhimi – oʻzining barcha xatti-harakatlari uchun oʻzi haqida teng yoʻl hikmat egasi boʻlmish buyuk inson siymosini yaratishdir” [4; 118-b.].

Masalan, Makkiavelli qarashlarida ichki ishlar xodimi uchun quyidagi umumiy talablar nazarda tutilgan:

  • inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etish va ularni himoya qilish;
  • oʻz shaʼni va qadr-qimmatini saqlashga eʼtibor qaratish.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Мухитдинова Ф. Сиёсий ва хукукий таълимотлар тарихи. Дарслик. – Т.: ТДЮИ, 2011. – 19-б.
  2. Бобоев Х., Дустжонов Т., Хасанов С., Олламов Я. «Авесто» ва унинг инсоният тараккиётидаги урни. – Урганч: «Хоразм», 2002. – 20–21-б.
  3. Макиавелли Н. Государь / Перевод: Муравевой Г. Оригинальное издание: Макиавелли Н. Избранные произведения. – М.: «Художественная литература», 1982. [Электронный ресурс]. – Режим доступа: http://lib.ru/POLITOLOG/MACHIAVELLI/gosudar.txt
  4. Никколо Макиавелли. Хукмдор. – Т.: «DABR PRESS», НМУ, 2022. – 86-б.
  5. Платон. Диалоги / пер. с древнегреч., сост., ред. и авт. вступит. ст. А.Ф. Лосев; авт. примеч. А.А. Тахо-Годи. – М.: Мысль, 2000. – С. 195.
  6. Аристотель (384–322 до н. э.). Этика. Политика. Риторика. Поэтика. Категории / Аристотель. – Минск: Лит., 1998. – С. 284–285.
  7. Учение Цицерона о государстве и праве [Электронный ресурс]. URL: http://politia.narod.ru/cicero_laww_and_state.htm
  8. Лебон Г. Психология масс [Электронный ресурс]. – Режим доступа: http://www.gumer.info/biblitek_Buks/Psihol/lebon/index.php
  9. Маълумотлар Ўзбекистон Республикаси Криминология тадқиқот институти томонидан жамоатчилик фикрини ўрганиш асосида 2025 йил декабрь ойи ҳолатига кўра келтирилган.
  10. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: «Yuridik adabiyotlar publish», 2023. – 3–4-б.
  11. Шавкат Мирзиёев. Конституция – эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакаттимизни янада тараққий эттиришнинг мустаҳкам пойдеворидир. – Т.: «Ўзбекистон», 2018. – 27-б.
  12. Шацкая Е.А. Теоретико-методологические подходы к исследованию имиджа представителей власти (на примере имиджа сотрудника полиции) // Полицейская деятельность. – 20019. – № 6. – С. 31–39.
  13. Вебер Э.М. Избранные произведения [Электронный ресурс] / Библиотека социологии Гумер. URL: http://www.gumer.info/biblitek_Buks/Sociolog/vebizbr/01.php
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Berdialiyev, Baxtiyor; Ollamov, Yarash (2026). Enhancing the Image of Internal Affairs Bodies and Their Employees: Theoretical and Methodological Approaches. Criminological Activity, 1(2), 20–28. https://doi.org/

Vancouver

Berdialiyev, Baxtiyor; Ollamov, Yarash. Enhancing the Image of Internal Affairs Bodies and Their Employees: Theoretical and Methodological Approaches. Criminological Activity. 2026;1(2):20-28.