Some Considerations on the Protection of the Rights and Interests of Minors in Crimes Against Life
Annotation / Abstract
Abstract. This scientific article analyzes the issues of liability for crimes against the life of minors from a legal perspective. The article examines how legislation defines the legal approach to crimes against the life of minors. Also analyzes the current criminal legislation of the Republic of Uzbekistan, which establishes liability for crimes against the life of minors, but notes that this circumstance has not been formed as a separate aggravating circumstance. From this point of view, taking into account the positive experience of the legislation of foreign countries, practical proposals have been developed for improving national legislation. The results of the article will serve to strengthen the legal protection of minors, harmonize national legislation with the norms of international law and the experience of developed countries.
Full text
Milliy huquq tizimida ham voyaga yetmaganlarning hayoti ustuvor tartibda muhofaza qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida qasddan odam o‘ldirishning og‘irlashtiruvchi holatlari qatorida jabrlanuvchining ojiz ahvolda bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lsa, zamonaviy huquqiy islohotlar natijasida bu normalar yanada aniqlashtirilib, bolalar hayotini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa qonun ijodkorligida inson huquqlari, ayniqsa, bolalar huquqlari davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish sifatida qaror topayotganidan dalolat beradi.
Xalqaro huquq normalarida ham bolalarning hayotga bo‘lgan huquqi alohida mustahkamlangan. Jumladan, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi ishtirokchi davlatlarga bolalarni hayot va sog‘liqqa xavf tug‘diruvchi har qanday jinoiy tajovuzdan muhofaza qilish bo‘yicha majburiyat yuklaydi [1]. Yevropa inson huquqlari sudi amaliyotida esa bolalar hayotini himoya qilish nafaqat jazo orqali, balki davlat organlari tomonidan profilaktika, nazorat va samarali tergov majburiyatlari bilan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgan [2].
Jinoyat huquqida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etiladigan odam o‘ldirish holatlarini alohida tartibda belgilash ikki jihatdan muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bu jinoyatlarning ijtimoiy xavfi yuqori. Chunki bolalar hayotiga tajovuz jamiyatning ma’naviy asoslariga zarba beradi va kelajak avlod taqdiriga xavf tug‘diradi. Ikkinchidan, jazo sanksiyalarining kuchaytirilishi jinoyat profilaktikasida tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda bolalar hayotining daxlsizligi haqida qat’iy huquqiy signal berilishi huquqiy madaniyatning oshishiga xizmat qiladi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning: “Biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarimiz ijobatini, Yangi O‘zbekiston kelajagini butun el-yurtimiz qatori sizdek azm-u shijoatli farzandlarimiz bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. Shu bois, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni kamol toptirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda” [3], deya ta’kidlagani mamlakatimizda yoshlarga, xususan, voyaga yetmaganlarga bo‘lgan munosabat naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan manbalar
- “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son farmoni // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5505/1639-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son. // https://lex.uz/docs/3858817
- “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentyabrdagi PF-5185-son farmoni // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 979-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son; 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son; 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son; 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son; 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son. // https://lex.uz/docs/3331174
- Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son qonuni // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son; 04.08.2022-y., 03/22/787/0708-son; 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son; 09.08.2023-y., 03/23/860/0571-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 05.09.2024-y., 03/24/954/0682-son; 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son; 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son. // https://lex.uz/docs/5378966
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 15-fevraldagi №4036-IV/KQ-683-IV-son qoʻshma qaroriga 1-ilova. Qonun ijodkorligi faoliyati boʻyicha Dastur // https://lex.uz/docs/6853994
- https://lex.uz/statistic
- Falsafa: qomusiy lugʻat. – T., 2004.
- Краткий философский словарь / Авт. колл. – М., 1954.
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2025-yil 16-avgustdagi yalpi majlisida Adliya vaziri taqdim etgan maʼlumot.
- Белоусов С.А. Юридическая инфляция как форма проявления законодательного дисбаланса // Правовая политика и правовая жизнь. – 2015. – №2.
- Шутова В.Н. Законодательная инфляция и другие тенденции современного законодательства: сравнительно-правовой аспект // Журнал о праве. – 2023. – №3.
- Москалькова Т.Н. Качество современного российского законотворчества // Вестник Нижегородской городской академии МВД РФ. – 2013. – №22.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi // “Yangi Oʻzbekiston”, 2020-yil 21-yanvar.
- “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qarori // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 07/25/75/0197-son. // https://lex.uz/docs/7409802
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2025-yil 16-avgustidagi yalpi majlisi // “Xalq soʻzi”, 2025-yil 17-avgust.
- Сехин И.В. Законодательная инфляция как актуальная проблема правового регулирования. – Калининград: Калининградский государственный университет, 2016.
- Badesku M. Legislative Inflation – an Important Cause of the Dysfunctions Existing in Contemporary Public Administration // Juridical Tribune – Review of Comparative and International Law. Bucharest Academy of Economic Studies. Vol. 8(2).
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universtiteti