Criminological Activity → Volume 1, Issue 2

Interrelationship of the Concepts of Illegal Manufacture, Production, and Processing of Narcotic Drugs, Psychotropic Substances, or Their Analogues

30.06.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 9 · 📥 4

Annotation / Abstract

Abstract.This article examines the criminal-law content of the concepts of the unlawful manufacture, production, and processing of narcotic drugs, psychotropic substances, and their analogues. Furthermore, based on a comparative analysis of foreign criminal legislation, the legal nature of the acts of manufacture, production, and processing of narcotic drugs and psychotropic substances is revealed. The article proposes criteria for the legal qualification of such acts and develops an authorʼs definition of the concept of processing narcotic drugs or psychotropic substances.

Full text

Bizning fikrimizcha, jinoyat predmetlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash bilan ularni ishlab chiqarish tushunchalarini bir xil ko‘rish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shuning uchun, Oliy sud Plenumining yuqorida keltirilgan tushuntirishlaridan kelib chiqqan holda, giyohvandlik vositalarni yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlashni o‘zaro farqlash lozim.

Ishlab chiqarishga xos belgilardan biri – bu jinoyat predmetlarini seriyalab (ko‘plab) olishga qasddan qaratilgan harakatlar. Seriyalab (ko‘plab) olish deganda, bir turdagi yoki umumiy birlashtiruvchi belgilarga ega bo‘lgan predmetlarni ko‘plab tayyorlash tushuniladi.

Oliy sud Plenumi yana bir belgi sifatida giyohvandlik vositalar yoki psixotrop moddalarni maxsus kimyoviy yoki boshqa uskunalardan foydalangan holda, ularni shu maqsadlarga moslashtirilgan binolarda ishlab chiqarish, ularni guruhlab, qadoqlab ishlab chiqarishni ko‘rsatgan.

Demak, ko‘rilayotgan jinoyatning predmetlarini ishlab chiqarishda, ayblanayotgan shaxsning harakatlari umumiy qasd bilan qamrab olingan bo‘lib, jinoyat predmetlarini maxsus moslashtirilgan joylar (laboratoriyalar)da yoki maxsus uskunalardan foydalanib, seriyalab (ko‘plab) tayyorlash nazarda tutiladi. Tayyorlashda esa, Oliy sud Plenumining qaroriga muvofiq, iste’mol qilishga tayyor bir yoki bir necha giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar olinishi tushuniladi. Ya’ni, bitta yoki bir necha alohida, mustaqil epizodlarni tashkil etuvchi iste’mol qilishga tayyor giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni olish holatlari nazarda tutiladi.

Ushbu masala doirasida xorijiy davlatlarning jinoyat qonunchiligini o‘rganilganda, Gruziya (JKning 260-m.) [4], Moldova (JKning 217-1-m.) [5], Ozarbayjon (JKning 234.2-m.) [6], Tojikiston (JKning 200-m.) [7], Ukraina (JKning 307-m.) [8], Fransiya (JKning 225-35-m.) [9], Qirg‘iziston (JKning 267-m.) [10] kabi davlatlarning jinoyat qonunchiligida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalar yoki prekursorlarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash harakatlari jinoyat tarkibini muqobil qilmishlari sifatida nazarda tutilganligi aniqlandi.

Armaniston (JKning 266-m.) [11], Belarus (JKning 328-m.) [12], Yaponiya (JKning 136-m.) [13] jinoyat qonunchiligida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi singari, ko‘rilayotgan jinoyat predmetlarini tayyorlash uchun javobgarlik belgilangan.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi qonuni. 1999-yil 19-avgust, 813-I-son // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. Elektron manba: LexUZ. https://lex.uz/docs/3203265
  2. Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. V tom. Maxsus qism. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar. Oliy taʼlim muassasalari uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2011. – B. 140.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli qarori [Elektron manba]. Kirish yoʻli: https://lex.uz/docs/3203265
  4. Уголовный кодекс Грузии от 22 июля 1999 года (Контрольный текст по состоянию на 1.10.2019 г.). URL: https://matsne.gov.ge/ru/document/view/16426?publication=212
  5. Уголовный кодекс Республики Молдова от 18 апреля 2002 года № 985-XV (с изменениями и дополнениями по состоянию на 06.06.2024 г.). URL: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30394923
  6. Уголовный кодекс Азербайджанской Республики (с изменениями и дополнениями по состоянию на 27.12.2024 г.). URL: https://continent-online.com/Document/?doc_id=30420353
  7. Уголовный кодекс Республики Таджикистан от 21 мая 1998 года № 574 (с изменениями и дополнениями по состоянию на 20.06.2024 г.). URL: https://continent-online.com/Document/?doc_id=30397325
  8. Уголовный кодекс Украины от 5 апреля 2001 года № 2341-III (с изменениями и дополнениями по состоянию на 05.06.2020 г.). URL: http://continent-online.com/Document/?doc_id=30418109#pos=2633;-45
  9. Уголовный кодекс Франции. URL: https://constitutions.ru/?p=25017
  10. Уголовный Кодекс Кыргызской Республики от 28 октября 2021 года № 127 (с изменениями и дополнениями по состоянию на 19.02.2025 г.). URL: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=36675065
  11. Уголовный кодекс Армении (с изменениями и дополнениями по состоянию на 23 декабря 2022 г.). URL: https://hrlib.kz/document/176585
  12. Уголовный кодекс Республики Беларусь от 9 июля 1999 года № 275-З (с изменениями и дополнениями по состоянию на 11.11.2019 г.). URL: https://online.zakon.kz/document/?doc_id=30414984#pos=2756;-48
  13. Уголовный кодекс Японии. URL: https://constitutions.ru/?p=407
  14. Уголовный кодекс Испании. URL: https://artlibrary2007.narod.ru/kodeks/ispanii_uk.doc
  15. Уголовный кодекс Республики Корея. URL: https://vseokoree.com/vse-o-koree/zakony-i-normativnye-pravovye-akty/ugolovnyj-kodeks-respubliki-koreya
  16. Уголовный кодекс Российской Федерации от 13 июня 1996 года № 63-ФЗ (с изменениями и дополнениями по состоянию на 28.02.2025 г.). URL: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30397073
  17. Уголовное право России. Общая и Особенная части: Учебник / Под ред. д-ра юрид. наук, проф. В.К. Дуюнова. – М., 2008. – С. 520.
  18. Л.Е. Чистова. Переработка наркотических средств. Ее отличие от их изготовления. / Международный научный журнал «Инновационная наука», 2015, № 11. – Б. 199.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Rasulev, Akbar; Payziyev, Dilshat (2026). Interrelationship of the Concepts of Illegal Manufacture, Production, and Processing of Narcotic Drugs, Psychotropic Substances, or Their Analogues. Criminological Activity, 1(2), 44–48. https://doi.org/

Vancouver

Rasulev, Akbar; Payziyev, Dilshat. Interrelationship of the Concepts of Illegal Manufacture, Production, and Processing of Narcotic Drugs, Psychotropic Substances, or Their Analogues. Criminological Activity. 2026;1(2):44-48.