The Need to Adopt a New Version of the Law on Narcotic Drugs, Psychotropic Substances and Precursors: Problems and Solutions
Annotation / Abstract
Abstract: This article puts forward proposals and recommendations related to strengthening the legal framework for combating the illicit trafficking of narcotic drugs, psychotropic substances, and potent drugs in our country, developing a draft law in a new edition, and also addresses issues awaiting resolution through the adoption of this law.
Full text
Hozirgi kunda jamiyat rivojiga toʻsqinlik qiluvchi omillardan biri bu — giyohvandlik vositalari hisoblanadi. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurashish muammosi bir davlat chegarasidan chiqib, jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdidlarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur tahdidlarga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning qonunga xilof ravishda aylanishining kengayib borayotganligi, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni notibbiy isteʼmol qilinishining oʻsayotganligi kuzatilmoqda.
Dunyoda giyohvand moddalarni isteʼmol qiluvchilar soni ortib bormoqda. BMT maʼlumotlariga koʻra, oxirgi oʻn yil ichida giyohvand moddalarni isteʼmol qiluvchilar soni 296 million kishiga yetgan [2]. Jumladan, 2023-yilda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq 8 280 ta jinoyat aniqlangan. Aniqlangan holatlar boʻyicha 6 147 nafar shaxs jinoiy va 1 407 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Xususan, 58 nafar chet el fuqarolari giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan boʻlib, shundan 49 nafari MDH davlatlari fuqarolari.
References
Foydalanilgan manbalar
- Mirziyoyev Sh. M. Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston [Matn]. – Toshkent: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2024. – 560 b.
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisida”gi konvensiyasi. 2000-yil 15-noyabr, Nyu-York. https://lex.uz/docs/-1304566.
- Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 813-I-son “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://lex.uz.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazining 2023–2024-yillar uchun Informatsion byulleteni. https://www.unodc.org/centralasia.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti