Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

The Social Danger of Crimes Related to Usurious Lending and Improving Measures for Their Prevention

27.03.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 7 · 📥 2

Annotation / Abstract

Abstract. The article analyzes scientific approaches to studying usury as an object of criminological research, based on the social danger of usury and its role as a major factor in the commission of crimes, as well as its current specific features and the need for and measures to prevent it.

Full text

Foiz hisobiga qarz berishning ijtimoiy xavfi nafaqat amaldagi qonunchilik talablariga rioya etmaslik, iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolgan shaxslar hisobiga boyish, balki sudxo‘rlik bilan shug‘ullanuvchi shaxsning bevosita olgan qarzi va foizini o‘z vaqtida to‘lay olmaganlarga nisbatan turli shaklda tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazish, aksariyat holda esa tovlamachilik, firibgarlik, shaxs hayoti va sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlar sodir etilishi sabablar zanjirining asosiy halqasi bo‘lib qolayotganligida namoyon bo‘lmoqda.

O‘zini qonundan ustun qo‘ygan, tadbirkorlarga bosim qilib, ularning biznesini egallab olishga harakat qilayotgan, iqtisodiyotimizga jiddiy putur yetkazayotgan, murakkab moliyaviy jinoyatlar sodir etayotganlar, o‘zini “qozi” deb hisoblagan, odamlar o‘rtasida oldi-berdi masalalarini hal qilib berayotgan ayrim jinoiy to‘dalar ham paydo bo‘lyapti. Eng achinarlisi, oson pul topaman degan ilinjda bo‘lgan bilagida kuchi bor ayrim sportchilar ham bunday jinoiy to‘dalarga qo‘shilib qolgani bizni xavotirga solyapti. Yana bir yomon jihati, O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruhlar ayrim chet davlatlarda ham mavjudligi yurtimizning xalqaro obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hamma eshitib olsin, bunday jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuchimiz ham, qudratimiz ham yetadi, bunga yo‘l qo‘ymaymiz va bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun butun jamiyatimiz bilan albatta kurashamiz [2].

Jinoyat, xususan, tovlamachilik sodir etilishi sabab va sharoitlari zanjirida asosiy halqa sifatida ko‘payib borayotgan foyda olish (foiz hisobida) maqsadida norasmiy ravishda qarz berish holatlarining, ya’ni “sudxo‘rlik”ning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, sudxo‘rlikning ijtimoiy xavfi, qonunchilik bilan uni yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati sifatida ruxsat etilishi, qarzni foiz hisobiga berishda amaldagi qonun talablarini buzish uchun javobgarlik belgilash masalasida yagona yondashuv mavjud emas.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. https://qomus.info/encyclopedia/cat-s/sudxorlik-uz/; Ribo yoxud sudxoʻrlik. https://fitrat.uz/archives/9486.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-yanvardagi videoselektor yigʻilishidagi maʼruzasidan.
  3. Кузнецова Н.Ф. Преступления в сфере экономической деятельности. – М., 2010.
  4. Кудрявцев В.Н. Общая теория преступлений. – М., 2008.
  5. Долгова А.И. Криминология. – М., 2016.
  6. Irisbekov U. Tovlamachilik jinoyatlarining oldini olishni takomillashtirish: Yurid. fan. boʻyicha falsafa d-ri (PhD) dis. – T., 2025.
  7. https://www.povertyactionlab.org/sites/default/files/research-paper/working-paper_6342_Are-High-Interest-Loans-Predatory_US_June2020.pdf
  8. https://www.um.edu.mt/library/oar/bitstream/123456789/112256/1/Usury.pdf
  9. https://cyberleninka.ru/article/n/sotsiopatiya-sovremennogo-rossiyskogo-rostovschichestva
  10. https://gnpje.sgh.waw.pl/Regulation-of-Usury-Justification-Consequences-and-Some-Lessons-from-Polish-Experience%2C149195%2C0%2C2.html
  11. https://naukovedenie.ru/PDF/25EVN315.pdf
  12. https://www.povertyactionlab.org/sites/default/files/research-paper/working-paper_6342_Are-High-Interest-Loans-Predatory_US_June2020.pdf
  13. https://www.um.edu.mt/library/oar/bitstream/123456789/112256/1/Usury.pdf
  14. Huquq-tartibot idoralarining faoliyati tanqidiy koʻrib chiqilib, jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida yangi vazifalar belgilab berildi. https://president.uz/uz/lists/view/8882
  15. https://daryo.uz/2024/02/03/toshkentda-foiz-evaziga-pul-berib-qarzdorlarning-uy-joylarini-tortib-olish-bilan-shugullangan-shaxs-ushlandi
  16. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Ikkinchi qism. https://lex.uz/docs/180552
  17. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. https://lex.uz/docs/4674902
  18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida” 11-son qarori. https://lex.uz/docs/1443984
  19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 6-son qaroriga 1-ilova. https://lex.uz/acts/1727490
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Ismailov, Isamidin; Irisbekov, Ulugʻbek (2026). The Social Danger of Crimes Related to Usurious Lending and Improving Measures for Their Prevention. Criminological Activity, 1(1), 33–38. https://doi.org/

Vancouver

Ismailov, Isamidin; Irisbekov, Ulugʻbek. The Social Danger of Crimes Related to Usurious Lending and Improving Measures for Their Prevention. Criminological Activity. 2026;1(1):33-38.