The State, Structure, and Dynamics of Female Crime in Fergana Region and Its Comparative Analysis with the Republic
Annotation / Abstract
Abstract.This article provides a comprehensive analysis of the current state of female criminality in the Fergana region, focusing on its structure, dynamics, and territorial characteristics.
Full text
Shuningdek, 2025-yil 18-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident qarori oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning oldini olish, zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash hamda profilaktik hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga qo‘shimcha vazifalar yukladi [3].
Mazkur qaror profilaktika sohasidagi institutsional tizimni mustahkamlash, hududlarda xavfsizlikning barqaror modelini yaratish va aholiga bevosita yo‘naltirilgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Ayollar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash va oilaviy munosabatlarda barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, Oila kodeksi hamda “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash to‘g‘risida”gi qonun ayollar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik omillarini chuqur tahlil qilish uchun muhim huquqiy asos yaratadi.
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar nafaqat oilaviy nizolar, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha kompleks mexanizmlarni belgilab beradi, balki ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy rolini kuchaytirish va ularga ko‘rsatiladigan davlat qo‘llab-quvvatlash choralari izchilligini ta’minlaydi.
Ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borgan S.S. Niyozova va S.N. Salayev ushbu jarayonning mazmunini sharhlar ekanlar, zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha davlat siyosati faqat jismoniy tazyiqni bartaraf etishga emas, balki xotin-qizlarga nisbatan huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimidan iborat ekanini ta’kidlaydilar [4].
Ularning fikricha, ayolning huquqlaridan xabardorligi, ijtimoiy faolligi va ruhiy barqarorligi kuchaytirilmas ekan, jinoyatchilikning oldini olishda yuqori natijalarga erishish qiyin.
References
Foydalanilgan manbalar
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini samarali tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son farmoni.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-son qarori.
- Niyozova S.S., Salayev N.S. Kriminologiya: Darslik. – Toshkent: Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, 2024. – B. 157.
- Франк Л.В. Виктимология и виктимность. – Душанбе, 1972. – С. 8–12.
- Abdurasulova M. Kriminologiya. – Toshkent: Adolat, 2007. – B. 26.
- Abdurasulova Q.R. Ayollar jinoyatchiligining jinoyat-huquqiy va kriminologik muammolari: Yurid. fan. nomz. ... dis. – Toshkent, 2006.
- Тарновская П.Н. “Женщины-убийцы”. Антропологическое наследие. – СПб., 1902; Воронки Т.С. Антропологическое исследование. – СПб., 1891.
- Мурадова Я.Р. Женская преступность: общефедеральный и региональные аспекты криминологической характеристики, основные направления профилактики (на материалах Краснодарского и Ставропольского краёв): Дис. канд. юрид. наук. – Волгоград, 2008.
- Щербакова Л.М. Женская насильственная преступность в современной России: криминологические проблемы: Дис. канд. юрид. наук. – Москва, 2008.
- Heidensohn, F. The Deviance of Women: A Critique and an Enquiry. The British Journal of Sociology, 19(2), 1968. – P. 164.
- Leonard, E. A Critique of Criminology Theory: Women, Crime and Society. New York/London: Longman, 1982.
APA
Vancouver