On the Theory of “Anomie” by Emile Durkheim
Annotation / Abstract
Abstract: This article discusses the theory of ”Anomie“ by Emile Durkheim, devoted to the study of the formation and analytical properties of this process. Based on the scientific analysis of the concept of anomie, it attracts criminologists with its relevance today. The article discusses the types and manifestations of anemia and provides their scientific characteristics. The article analyzes the definitions of ”Anomie” given by the scientist.
Full text
Dyurkgeym sotsio-tsentrik qarashlarining tahlili sifatida, ularga xos bo'lgan ikkita yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin. Ulardan birinchisi — naturalizm bo'lib, jamiyat va uning qonunlarini tabiat bilan o'xshashligi hamda uning tabiiy qonunlarini tushunishdan iborat va ma'rifat davrining mafkuraviy merosi bilan bog'liq. Ikkinchisi — ijtimoiy realizm, bu jamiyatni jismoniy, biologik va psixologik jihatdan bir-biridan farq qiladigan maxsus ijtimoiy voqelikdir.
Dyurkgeym shu asosda o'zining “sotsiologizm” sotsiosentrik konsepsiyasini rivojlantirdi. Sotsiologizm, jamiyatning individual sotsiologik nazariyalaridan farqli o'laroq, ijtimoiy voqelikning o'ziga xosligi va avtonomiyasi prinsipini “narsalar” deb ta'kidlaydi. Bundan tashqari, Dyurkgeym uning shaxslarga nisbatan ustunligi, ularga nisbatan tashqi xarakterini ta'riflaydi. Metodologik nuqtayi nazardan, sotsiologizm nazariyasi pozitivizm, obyektivizm va tushuntirish tamoyillariga kuchli tayanish bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy faktlar g'oyasi, sotsiologizm nazariyasi va pozitivistik metodologiyani qo'llash asosida deviant xulq-atvor sotsiologiyasi predmetining sotsiologik tushunchasi hamda ko'p jihatdan E. Dyurkgeymning zamonaviy qarashlari anomiya nazariyasini yaratishda, o'z joniga qasd qilish va jinoyatchilikning fundamental nazariy hamda empirik tadqiqotlarida yaqqol namoyon bo'ldi.
Dyurkgeym “anomiya” atamasini birinchi marotaba “Ijtimoiy mehnatni taqsimlash to'g'risida” (1893) doktorlik dissertatsiyasida qo'llaydi. Bunda dastlab uni mehnat taqsimotining g'ayritabiiy shakllaridan biri sifatida izohlaydi. Uning fikriga ko'ra, sanoat inqirozlari, mehnat va kapital o'rtasidagi ziddiyatlar hamda mehnatning tobora kuchayib borayotgan ixtisoslashuvi natijasida yuzaga keladigan funksiyalarning integratsiyasi yoki o'zaro moslashuvining yo'qligi (yoki yetishmasligi) deb ta'riflanadi. Anomiya mehnat taqsimoti uning ishtirokchilari o'rtasida yetarlicha samarali aloqalarni va ijtimoiy munosabatlarni ma'lum darajada tartibga solishni ishlab chiqara olmasligi sababli yuzaga keladi [2; 293-b.].
References
Foydalanilgan manbalar
- Дюркгейм Э. Метод социологии. – Харьков, 1899.
- Дюркгейм Э. О разделении общественного труда. – Одесса, 1900.
- Дюркгейм Э. Самоубийство: Социологический этюд. – СПб., 1912.
- Дюркгейм Э. Самоубийство: Социологический этюд / Пер. с франц. – М.: Мысль, 1994.
- Дюркгейм Э. Норма и патология // Рубеж: Альманах социальных исследований. – 1992. – № 2.
- История социологии в Западной Европе и США: учебник для вузов / отв. ред. академик РАН Г. В. Осипов. – М.: НОРМА-ИНФРА-М, 1999.
APA
Vancouver