Criminological Analysis of the Concept of “Corruption-Related Crimes” in the Field of Public Procurement and Theoretical Approaches
Annotation / Abstract
Abstract. The article provides a comparative analysis of theoretical approaches to the definition of the concept of «corruption crimes» in the field of public procurement from the point of view of criminology, develops a new criminological definition based on theoretical views in this direction and identifies the specific features of this concept.
Full text
Bugungi kunda respublikamizda davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish milliy miqyosdagi davlat siyosatining ham asosiy ustuvor vazifalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Jumladan, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 15-bandida davlat budjeti xarajatlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlaridan biri sifatida “davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzilishi holatlarining oldini olish choralarini ko‘rish” nazarda tutilgan [6].
Ushbu vazifani amalga oshirishda davlat xaridlari sohasidagi “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasining kriminologik tahlili mazkur turdagi jinoyatlarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab olishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘z navbatida, doimiy evolyutsiya jarayonida bo‘lgan korrupsiyaga oid jinoyatchilik hodisasi doimiy ravishda mavjud nazariy-huquqiy qarashlarni tanqidiy tahlil qilish va zamon sharoitlariga mos tarzda islohotlarni amalga oshirib borishni taqozo qilmoqda.
Zamonaviy kriminologiya fanida “korrupsiya” tushunchasiga ta’rif berishda har xil fikrlar va yondashuvlar mavjud.
Birinchi yondashuv tarafdorlari tor talqin tarafdorlari bo‘lib, “korrupsiya”ni poraxo‘rlik holatlari bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi.
Jumladan, korrupsiya muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan A.I. Dolgova korrupsiyaga ijtimoiy hodisa sifatida yondashib, “ommaviy-huquqiy tuzilmalarning xizmatchilari o‘z xizmat vakolatlaridan, shuningdek unga bog‘liq bo‘lgan avtoritet va imkoniyatlaridan foydalanib, shaxsiy va korporativ manfaatlarni ko‘zlab pora berishi va pora olishi” sifatida ta’riflaydi [7].
N.F. Kuznetsova esa “korrupsiya salbiy ijtimoiy hodisa, bir shaxsni boshqasi tomonidan pora evaziga sotib olinishi”, deb hisoblaydi [8].
References
Foydalanilgan manbalar
- The Sustainable Development Goals Report 2023 // Available from URL: www.un.org/sustainabledevelopment/peace-justice .
- Safarov X. Davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish: Yurid. fan. d-ri (PhD) ... dis. avtoref. – T., 2023. – B.3.
- United Nations (2017) Resolution adopted by the General Assembly on 6 July 2017, Work of the Statistical Commission pertaining to the 2030 Agenda for Sustainable Development // https://sustainabledevelopment.un.org .
- Safarov X. Davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish: Yurid. fan. d-ri (PhD) ... dis. avtoref. – T., 2023. – B.3.
- Muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining https://public.sud.uz/report/CRIMINAL saytida e’lon qilingan sud hukmlari asosida tayyorlandi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni // https://lex.uz/uz/docs/5841063 .
- Криминология: Учеб. для юрид. вузов / Под общ. ред. А.И. Долговой. – М.: Инфра-М-НОРМА, 1997. – С. 501.
- Кузнецова Н.Ф. Коррупция в системе уголовных преступлений // Вестник МГУ. Сер. 11. – 1993. – №1. – С.21.
- Клепецкий И.А., Резанов В.И. Получение взятки в уголовном праве: Комментарий законодательства. – М., 2001. – С.67.
- Борзенков Г.Н. Уголовно-правовые меры борьбы с коррупцией // Вестник Московского университета. Серия 11. Право. – 1993. – №1. – С.30.
- Кабанов П.А. Коррупция и взяточничество в России: исторические, криминологические и уголовно-правовые аспекты. – Нижнекамск: ИПЦ «Гузель», 1995.
- Волженкин Б.В. Коррупция. – СПб., 1998. – С.32.
- Комиссаров В.С. Уголовно-правовые аспекты борьбы с коррупцией // Вестник МГУ. Сер. 11. – 1993. – №1. – С.26.
- Клюковская И.Н. К вопросу о коррупции // Вестник Ставропольского государственного университета. – 2003. – №33. – С.98–104.
- Гараев Р.Ф., Селихов Н.В. Понятие коррупции // Следователь. – 2001. – №2. – С.48; Гаухман Л.Д. Коррупция и коррупционное преступление // Законность. – 2000. – №6. – С.2–6; Макаров С.Д. Характеристика преступных проявлений коррупции // Реагирование на преступность: концепции, закон, практика / Под ред. А.И. Долговой, В.В. Астанина. – М., Российская криминологическая ассоциация, 2002. – С.83.
- Abdurasulova Q., Qurbonov O. Korrupsiya: Asosiy tushuncha va shakllari (risola). – T.: Falsafa va huquq instituti, 2009. – B.60.
- Криминология: Учебник / Отв. редактор М.Х. Рустамбаев. – Ташкент: ТГЮИ, 2008. – С.219, 221–222.
- Axrarov B.D. Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgarlik muammolari: Yurid. fan. d-ri ... dis. – T., 2008. – B.143–146.
- Tojiboyev Q. Mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zgalar mulkini talon-toroj qilganlik uchun javobgarlik. – Toshkent: TDYUI, 2004. – B.13.
- Nurmuxamedova G.B. Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning profilaktikasini takomillashtirish: Yurid. fan. d-ri ... dis. avtoref. – T., 2021. – 12–13-b.
- Дараган В.В. Преступность в сфере государственных закупок и ее взаимосвязь с коррупционной преступностью // Юридическая наука и практика: Вестник Нижегородской академии МВД России. – 2015. – №3 (31). – С.63.
- Синчурин О.В. Понятие коррупционных преступлений в сфере государственных закупок и их классификация // Государственная служба и кадры. – 2019. – №1. – С.128–129.
- Тепляшин П.В., Набиев Г.С. Понятие и некоторые особенности преступности в сфере поставки товаров, выполнения работ и оказания услуг для муниципальных нужд (теоретический аспект) // Пролог: журнал о праве. – 2014. – №2. – С.37–41.
- Шурпаев Ш.М. Понятие и правовая природа государственного контракта // Вестник Саратовской государственной юридической академии. – 2015. – №2. – С.248–253.
- Кодекс поведения должностных лиц по поддержанию правопорядка (Принят резолюцией 34/169 Генеральной Ассамблеи ООН от 17.12.1979 г.) // https://www.un.org .
- Кодекс поведения должностных лиц по поддержанию правопорядка. Принят резолюцией 34/169 Генеральной Ассамблеи ООН от 17.12.1979 г. https://www.un.org .
- Конвенция о гражданско-правовой ответственности за коррупцию (ETS №174): заключена в г. Страсбурге 4 ноября 1999 г.
- https://www.transparency.org/en/what-is-corruption .
- https://www.worldbank.org/en/news/factsheet/2020/02/19/anticorruption-fact-sheet .
- Закон Республики Грузии “О несовместимости интересов и коррупции на публичной службе” // https://matsne.gov.ge .
- Закон Украины “О предотвращении коррупции” // https://ips.ligazakon.net .
- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2019-y., 3/19/542/3177-son.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti