Human Trafficking Crimes Against Women: Analysis, Problems, and Solutions
Annotation / Abstract
Abstract. This article provides an understanding of human trafficking crimes committed against women. It also provides analytical information about these crimes. The causes of the crimes, problems, and shortcomings in prevention are scientifically revealed. Special attention is paid to the reasons why women become victims of human trafficking and its solutions are summarized.
Full text
Ayol — nozik xilqat bo‘lib, mehribonona, oqila rafiqa, oqibatli opa yoki singil hamda suyukli qiz kabi vazifalarini ado etib kelayotgan mo‘tabar zotdir. Shuning uchun ham Odam Atodan to hozirga qadar ayolga alohida ehtirom va e’tibor ko‘rsatiladi. Har bir ayol baxtli bo‘lishni, o‘z oilasidan mehr ko‘rishni va e’tiborga loyiq bo‘lishni istab, begona inson bilan hayot rishtasini bog‘laydi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ayollar bot-bot odam savdosi qurboni bo‘layotganliklari haqidagi yoqimsiz xabarlar barchamizda birdek xavotir uyg‘otishi tabiiy hol.
Darhaqiqat, bugungi globallashgan dunyoda tinchlik va osoyishtalikka xavf tug‘diruvchi jinoiy qilmishlarning yangidan yangi tur va shakllari paydo bo‘lmoqda. Xususan, migratsiya jarayonlarining jadallashuvi fonida odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruhlar keng quloch otib, “jonli tovar”dan milliardlab moddiy foyda ko‘rmoqda.
Odam savdosi shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan eng og‘ir jinoyat bo‘lib, insonni tahqirlovchi, qolaversa, jabrlangan shaxs fuqarosi bo‘lgan davlatning jahon hamjamiyatidagi nufuziga putur yetkazuvchi jinoyatlardan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “bir yilda dunyo bo‘yicha taxminan 4,5 millionga yaqin inson odam savdosidan jabrlanadi. Eng achinarlisi, ularning 72 foizini yoshlar, ayollar va bolalar tashkil etadi” [10].
Tarixda odam savdosi bilan bog‘liq transmilliy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha dastlab 1899-yil London shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada “Ayollardan shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun ularni yollashga qarshi kurash to‘g‘risida”gi rezolyutsiya, 1904-yil 18-mayda Fransiyaning Versal shahrida “Oq tanli cho‘rilar savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi protokol, 1921-yil 30-sentyabrda “Ayollar va bolalar savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi hamda 1933-yil 11-oktyabrda Millatlar Ligasi tomonidan “Balog‘atga yetgan ayollar savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiyalar qabul qilingan.
References
Foydalanilgan manbalar
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: Rasmiy nashr. – Toshkent: “O'zbekiston” nashriyoti, 2023.
- O'zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi O'RQ-633-son qonuni. https://lex.uz.
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 12-dekabrdagi “Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanilishiga qarshi kurash to'g'risidagi konvensiyaga va yakunlovchi bayonnomaga qo'shilish haqida” 576-II-son qarori // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son. https://lex.uz.
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi “1966-yil 16-dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga qo'shilish haqida” 127-I-son qarori // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son. https://lex.uz.
- Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi 1979-yil 18-dekabr Nyu-Yorkda qabul qilingan konvensiya.
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida 1979-yil 18-dekabr Nyu-Yorkda qabul qilingan Konvensiyaga qo'shilish haqida”gi qarori (06.05.1995-y. №87-I).
- Is'hoqova L., Hamroyeva K. Odam savdosiga qarshi kurash sohasidagi milliy va xalqaro huquq normalari. – T.: «Yurist-media markazi» nashriyoti, 2010.
- Хайдарзода З. П. Правовые и организационные основы деятельности органов внутренних дел Республики Таджикистан по противодействию торговле людьми: Автореф. дис. канд. юрид. наук. – М., 2019. – 29 с.
- Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2024-yilning 8 oy yakuni boʻyicha hisobot materiallari tahlili.
- ООН: 72 процента жертв торговли людьми – женщины и девочки. https://uz.sputniknews.ru. 30.07.2019.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti