Criminological Activity → Volume 1, Issue 4

Some Problems Encountered in Preventing Crimes Committed Against Women and Children and Their Solutions

24.12.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. This article analyzes some problems encountered in the prevention of offenses and crimes against women and children, and issues related to their solutions. In addition, this article shows that in the commission of domestic crimes, egoistic motivation based on the use of force prevails and can be combined with motives of malice. The article emphasizes the importance of victim behavior in crimes against women and children and provides relevant suggestions and recommendations for its prevention.

Full text

Darhaqiqat, jinoyatchilik tahlillariga ko‘ra, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik jinoyatlari umumiy jinoyatchilik tarkibida sezilarli darajada ulushga ega bo'lib, so'nggi paytlarda ularning salmog'i ortib bormoqda. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, ayollar va bolalarga nisbatan zo'ravonlik jamiyatga, oilaga, shaxsga moddiy va ma’naviy zarar yetkazish bilan birga, jamiyatning rivojlanishi hamda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Ayollar va bolalarga nisbatan zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlar ijtimoiy hodisa bo'lib, unga turli darajadagi omillar ta’sir ko'rsatadi.

Bizning fikrimizcha, bu boradagi jinoyatchilik darajasini kamaytirish imkonini beradigan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Zero, kriminologik ahamiyatga ega bo'lgan voqea, hodisa va jarayonlarni hamda kelajakda jamiyat hayotida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlarni kriminologik prognoz qilish jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kriminologik nuqtai nazardan ayollar va bolalarga nisbatan zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlarning dinamikasi va tendensiyalarini o'rganish, tahlil qilish juda muhim. Tuzilgan nikohlar, ajralishlar, ko'chib kelganlar, tug'ilganlar va o'lganlar soniga doir ma’lumotlarning o'zgarishi ham ma’lum darajada ushbu turdagi jinoyatlar dinamikasiga ta’sir ko'rsatadi [1].

Yuridik adabiyotlarda qayd etilishicha, «jinoyatchilik darajasi mamlakat yoki uning ma’muriy-hududiy birligida, ma’lum davrda sodir etilgan jinoyatlar yoki ularni sodir etgan shaxslar miqdorining o'sha hududda yashovchi aholining boshqa qismiga nisbatan olingan miqdori hisoblanadi» [2].

Q.R. Abdurasulova to'g'ri ta’kidlaganidek, jinoyatchilik eng avvalo ijtimoiy salbiy hodisa bo'lgani uchun, uning miqdor va sifat ko'rsatkichlari, xususiyatlari, dinamikasi va tuzilishidagi o'zgarishlarning tub sabablari jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, jug'rofiy-siyosiy va demografik jarayonlar bilan chambarchas bog'liqdir [3].

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy taʼlim muassasalari uchun darslik / I. Ismailov, Q.R. Abdurasulova, I.Yu. Fazilov; Masʼul muharrir Sh.T. Ikramov. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 69.
  2. Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy taʼlim muassasalari uchun darslik / I. Ismailov, Q.R. Abdurasulova, I.Yu. Fazilov; Masʼul muharrir Sh.T. Ikramov. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 63–64.
  3. Abdurasulova Q.R. Ayollar jinoyatchiligining jinoyat huquqiy va kriminologik muammolari: Monografiya / Masʼul muharrir: yu.f.d., prof. M.H. Rustambayev. – T.: TDYUI nashriyoti, 2005. – B. 14.
  4. Umirzakov B.A. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olishni takomillashtirish: Yurid. fan. boʻyicha falsafa doktori dis. – T., 2021. – B. 35.
  5. Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy taʼlim muassasalari uchun darslik / I. Ismailov, Q.R. Abdurasulova, I.Yu. Fazilov; Masʼul muharrir Sh.T. Ikramov. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 252 b. – B. 60–62.
  6. Алауханов Е.О., Зарипов З.С. Профилактика преступлений: Учебник. – Алматы: Нур-пресс, 2008. – 98 с.
  7. Мясникова К.А. Преступное насилие в криминофамилистике // Общество и право. – №2. – 2012. – С. 147.
  8. Ф.А. Меликов. Уголовно-правовые и криминологические меры противодействия насилию в семье: Дис. ... канд. юрид. наук. – М., 2017. – С. 3.
  9. Шестаков Д.А. Предотвратить семейную драму. – М., 1998; Алиходжиева И.С. Женщина как жертва убийства (криминологическая характеристика и социально-правовые меры предупреждения): Дис. … канд. юрид. наук. – Саратов, 1999; Ефимова М.П. Криминологическая характеристика насильственных преступлений, совершаемых в сфере семейно-бытовых отношений // Криминальное насилие: общие проблемы и опыт борьбы в Республике Саха (Якутия). – М., 2004. – С. 158–162; Ахмедханова С.Т. Криминологическая характеристика преступлений, совершаемых женщинами в семье, и проблемы их профилактики (региональное исследование): Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. – М., 2013. – С. 142–149.
  10. Ильяшенко А.Н. Насилие. Личность. Общество // Тезисы научно-практической конференции. – М., 2000. – С. 12.
  11. Ильяшенко А.Н. Борьба с насильственной преступностью в семье. – М., 2003. – С. 115.
  12. Абызов Р.М., Юрков Г.А. Насильственные преступления несовершеннолетних: характеристика, типология личности, предупреждение. – Барнаул, 2001. – С. 73–74.
  13. Oʻrazaliyev M.Q. Jinoyatchilik bilan aloqador boʻlgan ijtimoiy salbiy hodisalarning sabablari va ularning oldini olish: Monografiya. – Toshkent: TDYU, 2023. – 40-b.
  14. Котова Н.К. Виктимологические проблемы криминальной агрессии. – Астана, 2001. – 148 с.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Normatova, Shirin (2025). Some Problems Encountered in Preventing Crimes Committed Against Women and Children and Their Solutions. Criminological Activity, 1(4), 129–133. https://doi.org/

Vancouver

Normatova, Shirin. Some Problems Encountered in Preventing Crimes Committed Against Women and Children and Their Solutions. Criminological Activity. 2025;1(4):129-133.