The Importance of Asset Declaration in Combating Corruption
Annotation / Abstract
Abstract. The article describes the negative consequences of corruption, the importance of declaring assets of officials in the fight against it, as well as the significance of the experience of advanced countries that have developed in this direction.
Full text
Davlat xizmatchilarining aktivlar deklaratsiyasi mexanizmi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida 1980-yillardan boshlab amaliyotga tatbiq etila boshlagan. Ispaniyada 1982-yilda “Aktivlar deklaratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, shu yilning o‘zida Italiyada Parlament a’zolariga qo‘shimcha daromadlari va mavjud mulklarining holati to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish majburiyati yuklatilgan. 1983-yilda esa “Saylangan mansabdor shaxslarning moddiy ahvolini jamoatchilik tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida” Portugaliya qonuni qabul qilingan.
Alohida ta’kidlash kerakki, G‘arbiy Yevropa davlatlarining o‘tgan davrlardagi va hattoki joriy deklaratsiyalash mexanizmi, xususan, ulardagi ma’lumotlarni oshkor qilish, davlat xizmatchilarining qamrab olish darajasi va nazorat qilish mexanizmi AQSHning deklaratsiyalash tizimidan sezilarli darajada farq qiladi.
AQSHda asosiy urg‘u barcha davlat xizmatchilariga qaratilgan bo‘lsa, G‘arbiy Yevropa davlatlarida asosan yuqori turuvchi mansabdor shaxslar nazorat qilinadi. Shuningdek, AQSHda taqdim etilgan deklaratsiya ma’lumotlari soliq va moliyaviy nazorat organlari tomonidan tekshirilsa, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida esa davlat xizmatchisi faoliyat yuritayotgan tashkilotning markaziy apparatida faoliyat olib boruvchi axloq-odob bo‘yicha maxsus bo‘linmalar tomonidan nazorat qilinadi.
Markaziy va Sharqiy Yevropada 1990-yildan so‘ng sotsialistik tuzumda siyosat yuritgan davlatlarning demokratlashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashda yangi mexanizmlarga bo‘lgan talab natijasida ushbu mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashning aktivlar deklaratsiyasi mexanizmi asosan 1990–2000-yillar oralig‘ida amaliyotga joriy qilingan.
References
Foydalanilgan manbalar
- Deklaratsiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi lotincha “declaratio” so‘zidan olingan bo‘lib, “ma’lum qilaman”, “e’lon qilaman” degan ma’noni bildiradi // “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti. - Toshkent, 1997. - 169-b.
- Burdescu, R., G. J. Reid, S. Gilman and S. Trapnell (2009). Stolen Asset Recovery - Income and Asset Declarations: Tools and Trade-offs. The World Bank, United Nations Office of Drugs and Crime. - p. 29.
- President Harry S. Truman's Message to Congress, 27 September 1951. Here quoted from G. C. Mackenzie and M. Hafken (2002), Scandal Proof: Do Ethics Laws Make Government Ethical? Brookings Institution Press. - p. 19.
- Ma’lumot uchun: Uotergeyt mojarosi 1972-yilda “Uotergeyt” mehmonxonasida yashirin ravishda eshitish qurilmalariga ega bo‘lgan bir guruh kishilarning qo‘lga olinganidan so‘ng ro‘y bergan. Surishtiruv jarayoni prezident Richard Nikson ma’muriyati o‘z xizmat vakolatini ko‘p bora suiiste’mol qilganini ko‘rsatdi hamda bu uning lavozimini tark etishiga turtki berdi.
- Конвенция Организации Объединенных Наций против коррупции (Принята резолюцией Генеральной Ассамблеи от 31 октября 2003 г.).
- УНП ООН. Техническое руководство по осуществлению Конвенции ООН против коррупции. - Нью-Йорк, 2010. - 30 с.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti