Criminology → Volume 2, Issue 1

Penalties for Corruption-Related Crimes under the Legislation of Foreign Countries and Their Effectiveness

29.06.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 11 · 📥 3

Annotation / Abstract

Abstract. The article provides a comparative legal analysis of punishments for corruption-related crimes and their effectiveness in foreign legislation. It examines anti-corruption practices in Russia, Kazakhstan, Germany, France, Singapore, Japan, and China, as well as international standards, including the UN Convention against Corruption. The study highlights the need to combine criminal sanctions with preventive mechanisms, such as asset confiscation, permanent disqualification from public service, and liability of legal entities. Recommendations are proposed to improve Uzbekistan’s criminal law framework in line with international best practices.

Full text

Umuman olganda, jazo samaradorligi quyidagi uch yoʻnalishda namoyon boʻladi: umumprofilaktika: jazodan qoʻrqish jamiyatda jinoyat sodir etilishining oldini olishi lozim. Masalan, yuqori lavozimli shaxsga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi boshqa mansabdorlar uchun ogohlantiruvchi omil hisoblanadi; shaxsiy profilaktika: jinoyat sodir etgan shaxsda qayta jinoyat sodir etish ehtimolini yoʻqotish. Buning uchun jazo tarbiyaviy va qayta ijtimoiylashtiruvchi vazifani bajarishi kerak; adolatni tiklash: jamiyat va jabrlanuvchilarda davlatning adolat oʻrnatish qudratiga ishonch uygʻotish.

Amaldagi milliy qonunchilikda korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan qator normalar mavjud boʻlsa-da, ularning ijrosi doim ham kutilgan samarani bermayotgani, ayrim huquqiy mexanizmlar samarasiz ekanligi amaliyotda oʻz tasdigʻini topmoqda. Shuningdek, jinoiy-huquqiy oldini olishning konseptual asoslarini, turlari va shakllarini qayta koʻrib chiqish, xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar asosida milliy tizimni isloh qilish dolzarb masala sifatida kun tartibiga chiqmoqda.

Jinoyat uchun belgilangan jazolar ikki asosiy profilaktika (oldini olish), yaʼni individual va umumiy profilaktika vazifasini bajarishi kerak. Individual profilaktika jazo olgan shaxsni tarbiyalab, uni qayta jinoyat sodir etishdan tiyib turishni nazarda tutadi (yaʼni, jazo oʻtash orqali shaxs tuzaladi va boshqa jinoyat qilmaydi). Umumiy profilaktika esa, berilgan jazo misolida boshqa kishilarni hushyorlikka chaqirib, ularni ham shunday jinoyatga qoʻl urmaslikka daʼvat etish, yaʼni jazoning umumiy qaytaruvchi taʼsiridir.

Ushbu maqolada xorijiy davlatlar qonunchiligida korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarining samaradorligini tahlil qilish maqsadida qiyosiy-huquqiy, tizimli, tahliliy va doktrinal usullardan foydalanildi. Tadqiqotning metodologik asosini jinoyat huquqi nazariyasidagi javobgarlik va jazo samaradorligi toʻgʻrisidagi ilmiy qarashlar hamda xalqaro huquqiy standartlar tashkil etadi.

Birinchidan, qiyosiy-huquqiy tahlil usuli orqali Rossiya, Qozogʻiston, Germaniya, Fransiya, Singapur, Yaponiya va Xitoy davlatlarining jinoyat qonunchiligida korrupsiya uchun belgilangan jazo turlari, ularning miqyosi va amalga oshirish mexanizmlari oʻrganildi. Bu davlatlar turli huquqiy tizimlarga (kontinental, anglosakson va sotsialistik huquq modellari) mansub boʻlgani uchun taqqoslama tahlil keng qamrovli manzara yaratishga imkon berdi.

Ikkinchidan, normativ-huquqiy tahlil usuli asosida BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (2003-y.), Yevropa Kengashining Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi konvensiyasi (1999-y.), OESRning Xorijiy mansabdorlarga pora berishga qarshi konvensiyasi (1997-y.) kabi xalqaro hujjatlar va ulardagi “samarali, mutanosib va dahshat soluvchi” (effective, proportionate and dissuasive) jazo prinsiplari tahlil qilindi. Bu prinsiplarning milliy qonunchilikka implementatsiya darajasi ham baholandi.

Uchinchidan, statistik tahlil usuli orqali Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun sudlar tomonidan tayinlanadigan jazolarning turi va taqsimoti oʻrganildi. Xususan, 2024-yildagi milliy maʼruza va rasmiy sud statistikasi maʼlumotlaridan foydalanilib, jazolarning (ozodlikdan mahrum qilish, jarima, axloq tuzatish ishlari va boshqalar) qoʻllanish foizi aniqlandi va ularning profilaktik taʼsiri baholandi.

Toʻrtinchidan, tizimli tahlil usuli yordamida jinoiy javobgarlikning ikki asosiy profilaktik vazifasi – umumiy va individual taʼsir funksiyalari koʻrib chiqildi. Bu orqali jazo choralarining nafaqat jazolovchi, balki tarbiyaviy va qayta ijtimoiylashtiruvchi ahamiyati ham ochib berildi.

Beshinchidan, doktrinal va interpretatsion tahlil usuli asosida V.N. Burlakov, M.Yu. Dvoreskiy, M.S. Kachelin, T.I. Vaulina kabi olimlarning korrupsiyaga qarshi kurashda jazo siyosatini optimallashtirish borasidagi nazariy qarashlari oʻrganildi. Bu usul korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish imkonini berdi.

Tadqiqot natijalari / Results

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205–214-moddalarida davlat hokimiyati va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar sifatida korrupsiyaviy qilmishlar uchun javobgarlik belgilangan. Ular orasida: poraxoʻrlik (210–211, 213–214-moddalar), mansabdorlik bilan bogʻliq korrupsion jinoyatlar (JK 205–209-moddalar) uchun tayinlanadigan jazolarni alohida tahlil etish maqsadga muvofiq.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Ўзбекистон Республикасининг “Коррупцияга қарши курашиш тўғрисида”ги қонуни // Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон, 19.11.2021 й., 03/21/729/1064-сон; 09.08.2023 й., 03/23/860/0571-сон; 05.06.2024 й., 03/24/931/0402-сон; 26.02.2025 й., 03/25/1038/0188-сон // lex.uz
  2. Россия Федерациясининг Жиноят кодекси // https://www.consultant.ru/ УК РФ Статья 290. Получение взятки \ Консультант Плюс
  3. https://kodeksy-kz.com/ka/ugolovnyj_kodeks/
  4. Relevant provisions of the German Criminal Code // policehumanrightsresources.org
  5. doctrine.fr
  6. Convention against corruption involving public officials // eur-lex.europa.eu
  7. Prevention Of Corruption Act // cpib.gov.sg
  8. Сравнение профилей стран Узбекистан и Сингапур // Uzbekistan anticor.world
  9. Сравнение профилей стран Узбекистан и Япония // Uzbekistan anticor.world
  10. Korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligi jazoning muqarrarligidami yoki uning og'irligida? - ekspert bilan suhbat // kun.uz
  11. Uzbekistan's Corruption Crackdown: Progress or Perpetual Crisis? // thediplomat.com
  12. Дворецкий М.Ю. Направления оптимизации уголовной ответственности за преступления коррупционной направленности на современном этапе противодействия преступности // Вестник ТГУ. 2009. № 12 (80). С. 425–432.
  13. Ўзбекистон Республикасининг Коррупцияга қарши курашиш тўғрисидаги миллий маърузаси. 2024 йил.
  14. Качелин М.С. Международно-правовые аспекты борьбы с коррупцией: Дис. ... канд. юрид. наук: 12.00.10. – Москва: Российский университет дружбы народов, 2010. – 152 с.
  15. Кузнецов А.В. Некоторые вопросы квалификации преступлений коррупционной направленности с учетом разъяснений Пленума Верховного Суда РФ // Вестник Казанского юридического института МВД России. – 2013. – № 3(13). – С. 74–82; Рахметов С.М. О ходе имплементации норм международных конвенций по вопросам борьбы с коррупцией в уголовное законодательство Республики Казахстан // Вестник Института законодательства Республики Казахстан. – 2017. – № 2 (47). – С. 103–109.
  16. Ваулина Т.И. Ответственность за коррупционные преступления: международный и уголовно-правовой аспекты // Российское право: образование, практика, наука. – 2016. – № 6. – С. 37–40.
  17. Фаткулин С.Т., Грищенко В.А. Понятие должностных преступлений и проблемы их предупреждения // Вестник Челябинского государственного университета. Серия: Право. 2019. Т. 4, вып. 3. – С. 69–80.; Малышева Ю.Ю. Понятие коррупционного преступления по уголовному законодательству современной России // Угрозы и безопасность. – 2012. – № 36 (177).
  18. Сенцов А. С., Волколупова В.А. Вопросы квалификации дачи взятки и посредничества во взяточничестве, возникающие в современной правоприменительной практике // Актуальные проблемы экономики и права. – 2016. – № 1. – С. 180–188. DOI: http://hdl.handle.net/11435/2255.; Masters A. Corruption in sport: From the playing field to the field of policy // Policy and Society. 2015. Vol. 34, No. 2. P. 111–123. DOI: 10.1016/j.polsoc.2015.04.002.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Nurmuhammedova, Goʻzalxon (2026). Penalties for Corruption-Related Crimes under the Legislation of Foreign Countries and Their Effectiveness. Criminology, 2(1), 19–30. https://doi.org/

Vancouver

Nurmuhammedova, Goʻzalxon. Penalties for Corruption-Related Crimes under the Legislation of Foreign Countries and Their Effectiveness. Criminology. 2026;2(1):19-30.