International Legal Principles and Standards for the Transfer of Convicts
Annotation / Abstract
Abstract. This article presents a comprehensive analysis of the international legal principles and standards governing the transfer of sentenced persons. The study examines jus cogens norms and peremptory rules as the highest normative foundation of this institution, alongside the non-refoulement principle, double criminality, ne bis in idem, reciprocity, and the voluntary consent of the sentenced person. Key international instruments are analysed, including the UN Model Agreement on the Transfer of Foreign Prisoners, the 1988 Body of Principles for the Protection of All Persons under Any Form of Detention or Imprisonment. The article proposes a three-tier classification of applicable principles: those rooted in general inter- national law, those shared with the extradition regime, and those specific to the transfer institution itself.
Full text
Inson huquqlari xalqaro tizimida mahkumlarni topshirish instituti bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yana bir muhim asos – bu inson huquqlari va oʻlim jazosini qoʻllamaslik hamda non-refoulement (qaytarib yubormaslik) prinsipi. Ushbu prinsipning xalqaro huquqiy mohiyatiga binoan, agar mahkum topshirilayotgan davlatda uni oʻlim jazosi, qiynoqlar, shafqatsiz va gʻayriinsoniy muomala yoki inson huquqlarining boshqacha tarzda tizimli va qoʻpol ravishda buzilishi xavfi kutayotgan boʻlsa, davlatlar zimmasiga uni topshirishni rad etish majburiyati yuklanadi. D.N. Shuruxnova [6] oʻz tadqiqotlarida, inson huquqlarining taʼminlanishi va shaxs huquqlari kafolatlarini mahkumlarni topshirishning asosiy mezoni sifatida baholagan boʻlsa, T.V. Reshetneva [7] ushbu tizimni shaxslarni ekstraditsiya qilish prinsiplari bilan solishtirib, ekstraditsiya va mahkumlarni topshirish boʻyicha davlatlarning xalqaro hamkorlik borasida kelishib olishi prinsipi, maxsuslashuv prinsipi, ikkiyoqlama sudlovlilik prinsipi hamda ushbu tartiblarni amalga oshirishda inson va fuqarolik huquq va erkinliklari konsepsiyasini hisobga olish prinsipi ikkala institutda ham himoya mexanizmi sifatida ishlashini va muallif bu prinsiplarni mahkumlarni topshirishda va ekstraditsiya jarayonida ishlash mexanizmining farqli jihatlarini batafsil yoritib berganini taʼkidlaydi. BMTning Chet ellik mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomasining [8] birinchi boʻlimi asosiy prinsiplarga bagʻishlangan boʻlib, unda mahkumlarni topshirish jarayonining ustuvor qoidalari qayd etilgan. Xususan, davlatlarning xalqaro hamkorligi prinsipi, davlatlarning hamkorligi natijasida jazo oʻtayotgan mahkumlarning vataniga qaytish imkoniyatini berish hamda normal hayotga qaytishini taʼminlashni nazarda tutadi, bu esa mazkur namunaviy shartnomaning toʻliq maqsadini ifodalaydi.
Namunaviy shartnomada, agar mahkum fuqaroligiga ega boʻlgan davlat va doimiy yashovchi davlat har xil boʻlgan taqdirda, qaysi davlatga topshirilishi aniq nazarda tutilmagan boʻlsa-da, u mahkumlarning topshirilishi masalasini fuqaroligiga ega boʻlmagan, ammo uning hududida istiqomat qiladigan shaxslarni qabul qiluvchi davlat ixtiyoriga qoldiradi. Biroq, har qanday holatda ham, chiqarilgan hukm ijrosini davom ettirish uchun iloji boricha mahkumlarni topshirish jarayonini tezroq amalga oshirishi lozim. BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va odil sudlov boʻyicha Oltinchi Kongressi [9] tomonidan ham tavsiya etilganidek, mahkumlarning topshirilishiga rozilik berishi shart boʻlgan talab, mahkumlarni davlatdan chiqarib yuborish usuli yoki jinoyatchilarni norasmiy ekstraditsiya qilish vositasi sifatida qoʻllanilmasligini kafolatlaydi [10].
Davlatlararo munosabatlar va xalqaro ommaviy huquq darajasida esa suverenitet, oʻzaro manfaat va birgalik prinsiplari yetakchi va tartibga soluvchi rol oʻynaydi. Yurisdiksiya va davlat suverenitetini oʻzaro hurmat qilish prinsipiga koʻra, hech qaysi davlat mahkumni topshirish boʻyicha qilingan murojaatni amalga oshirish majburiyatiga ega emas hisoblanadi, chunki suveren davlat oʻz hududida odil sudlovni va jazo ijrosini mustaqil amalga oshirish huquqiga ega. Shunga qaramasdan, ikki davlat mazkur jarayonni amalga oshirishga rozilik bildirsa (albatta mahkumlarning roziligini ham unutmaslik kerak) davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch ortishiga sabab boʻladi. Oʻzarolik prinsipi (reciprocity principle) xalqaro hamkorlikning asosiy prinsiplaridan biri boʻlib, uzoq vaqtlardan buyon maʼlum. Birgalik, yaʼni oʻzarolik prinsipi, xalqaro shartnoma mavjud boʻlmagan taqdirda, xorijiy davlatning vakolatli organlari bilan tuzilgan yozma shartnoma yoki vaʼdalar asosida amalga oshiriladi, bunda tomonlar mazkur protsessual harakatlarni xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va mahkumlar topshirilishi uchun protsessual kafolatlarni oʻz ichiga olgan milliy qonunchilikka asoslangan holda amalga oshiradilar [11].
References
Foydalanilgan manbalar / References
- Saidov B.A., Umarxonov A.Sh. Jinoyat protsessi prinsiplari: Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent, 2010.
- Umarxonova D. Sh. Jinoyat ishlari boʻyicha xalqaro hamkorlik prinsiplarining oʻziga xos xususiyatlari // Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy oʻquv kurslari Axborotnomasi, 2017. – 3(30). – 57-61-b.
- Cassese, A. International Criminal Law (2nd ed.). Oxford University Press, 2000.
- Werle, G. Principles of International Criminal Law (2nd ed.). T.M.C. Asser Press, 2009.
- United Nations. Body of Principles for the Protection of All Persons under Any Form of Detention or Imprisonment. General Assembly Resolution, 1988. 43/173. https://www.un.org
- Шурухнова Д. Н. Выдача, передача и выдворение лиц в отношениях государств (права, законные интересы личности и их гарантии): Дис. канд. юрид. наук. – М., 2009. – С. 58.
- Решетнева Т. В. Экстрадиция полипатридов в российском уголовном судопроизводстве: проблемы теории и практики: Диссертация кандидата юридических наук. – Ижевск, 2009. – С. 100.
- United Nations. Model Agreement on the Transfer of Foreign Prisoners and Recommendations on the Treatment of Foreign Prisoners. Seventh United Nations Congress on the Prevention of Crime and the Treatment of Offenders. – Milan, 1985.
- United Nations. Report of the Sixth United Nations Congress on the Prevention of Crime and the Treatment of Offenders. – Caracas, 1980.
- UNODC. Congresses of the United Nations on Crime Prevention and Criminal Justice 1955–2020 (Achievements over 65 Years). United Nations Office on Drugs and Crime Brochure, 2020. – P. 7-9.
- Санташова Л. Л. Передача лиц, осуждённых к лишению свободы, для отбывания наказания в государства их гражданства: Диссертация кандидата юридических наук. – Вологда, 2017. – С. 36.
- Gardocki L. (1993). Double Criminality in Extradition Law. Israel Law Review, 27(1-2), 288-296. https://doi.org/10.1017/S0021223700016952
- Government of Canada. (1999). Extradition Act (S.C. 1999, c. 18). Justice Laws Website. https://laws-lois.justice.gc.ca
- Санташова Л. Л. Передача лиц, осуждённых к лишению свободы, для отбывания наказания в государства их гражданства: Диссертация кандидата юридических наук. – Вологда, 2017. – С. 37.
- United Nations. Model Agreement on the Transfer of Foreign Prisoners and Recommendations on the Treatment of Foreign Prisoners. Seventh United Nations Congress on the Prevention of Crime and the Treatment of Offenders. – Milan, 1985.
- Council of Europe. (1983). Convention on the Transfer of Sentenced Persons. ETS No. 112. http://www.coe.int/en/web/conventions/full-list/-/conventions/treaty/112
- Сайфулов Р. А. Экстрадиция в уголовном процессе (по материалам МВД и Прокуратуры Республики Узбекистан): Автореф. дис. канд. юрид. наук. – Т., 2001.
- Umarxonova D. Sh. Jinoyat ishlari boʻyicha xalqaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish masalalari: Автореф. дис. д-ра юрид. наук. – T., 2018.
- Файзиев Ф. М. Международно-правовое регулирование отношений между государствами по оказанию правовой помощи: Дис. канд. юрид. наук. – Т., 2007.
- Милинчук В. В. Институт взаимной правовой помощи по уголовным делам: Действующая практика и перспективы развития. – М.: Юрлитинформ, 2001.
- Минкова Ю. В. Принципы института выдачи (экстрадиции) в международном праве: Монография. – М., 2002.
- Сафаров Н. Экстрадиция в международном уголовном праве: проблемы теории и практики. – М.: Волтерс Клувер, 2005.
APA
Vancouver
Authors
Toshkent davlat yuridik universiteti