Criminology → Volume 2, Issue 1

The Criminological Significance of the “Mahalla Seven” System in Combating and Preventing Corruption

29.06.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 6 · 📥 2

Annotation / Abstract

Abstract. The article provides a systematic analysis of the processes of combating corruption, raising the legal culture of the population, and digital transformation within the system of the mahalla institution, specifically focusing on the activities of the "mahalla seven" as the grassroots level of civil society. Drawing on R. Klitgaard's corruption model, the study evaluates the role of digital platforms such as "Online Mahalla", and "E-Profilaktika" in minimizing the human factor and bureaucratic barriers. Scientific and practical proposals and recommendations have been developed for implementing anti-corruption compliance control, blockchain technologies, and digital key performance indicators (KPIs) to ensure internal corruption resilience at the mahalla level.

Full text

Ilmiy tadqiqotlarda qayd etilishicha, mahalla darajasidagi eng yuqori korrupsiyaviy xavflar aynan ijtimoiy nafaqalar va imtiyozli moliyaviy mablag‘larni taqsimlash jarayonlariga to‘g‘ri keladi [4]. Xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tomonidan ehtiyojmand qatlamlarning ro‘yxatlari – “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ni shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanilishi va “yettilik”ning birgalikdagi tasdig‘i mablag‘larning manzilli yetib borishini kafolatlaydi va mahalliy mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish imkoniyatlarini cheklaydi.

Shu bilan birga, mahalla ichidagi huquqiy madaniyatni yuksaltirish va aholida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish ushbu tizimning ustuvor maqsadlaridan biridir.

Profilaktika inspektori va ijtimoiy xodimning oilalar bilan doimiy muloqoti fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasida davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari aholining huquqiy omilkorligini oshirish orqali korrupsiyaning oldini olishi belgilab qo‘yilgan [5].

“Yettilik” tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan huquqiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, interfaol ochiq muloqotlar hamda empirik sotsiologik so‘rovnomalar hududning o‘ziga xos ijtimoiy diagnostikasi vazifasini o‘taydi. Mazkur profilaktik-ma’rifiy mexanizmlar fuqarolarning nafaqat o‘z subyektiv huquqlari va qonuniy manfaatlarini chuqur anglashiga, balki jamiyatda korrupsiyogen omillarni identifikatsiya qilish layoqatini oshirishga xizmat qiladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlar majmui mahalliy darajada har qanday tamagirlik, byurokratik to‘siqlar yoki adolatsizlik holatlari yuzasidan vakolatli organlarga xabar berish madaniyati shakllanishiga olib keladi. Natijada, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashishda passiv kuzatuvchanlikdan faol fuqarolik pozitsiyasiga va ta’sirchan jamoatchilik nazoratiga o‘tish jarayoni tezlashadi hamda qonun ustuvorligi tamoyilining quyi tizimda to‘laqonli ishlashi ta’minlanadi.

Zamonaviy davlat boshqaruvi tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish institutsional islohotlarning eng samarali vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, quyi bo‘g‘in boshqaruv tizimida “Digital Mahalla” konsepsiyasining izchil amaliyotga tatbiq etilishi “mahalla yettiligi” faoliyati shaffofligini ta’minlash va tizimdagi korrupsiogen omillarga barham berishning bosh mezoniga aylandi.

Mahalla darajasida aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, manzilli moddiy ko‘mak va iqtisodiy resurslarni taqsimlash jarayonlarining “Onlayn mahalla” va “E-ijtimoiy profilaktika” kabi ixtisoslashtirilgan raqamli platformalarga integratsiya qilinishi ma’muriy tartib-taomillarni maksimal darajada algoritmlashtirdi.

Bu, o‘z navbatida, mansabdor shaxslarning o‘z xohishiga ko‘ra qaror qabul qilish vakolatlarini cheklab, subyektlar o‘rtasidagi bevosita aloqani, ya’ni “inson omili”ni hamda an’anaviy byurokratik to‘siqlarni keskin kamaytirishga olib keldi.

Xalqaro tajriba va davlat boshqaruvi nazariyasi shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasida mahalliy boshqaruv organlarining raqamli shaffofligi va hisobdorligi eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) namoyish etadi.

Taniqli tadqiqotchi R. Klitgardning korrupsiya modeliga ko‘ra, ma’muriy monopoliya va qaror qabul qilishdagi erkinlik korrupsiya darajasini oshiradi, shaffoflik va hisobdorlik esa uni minimallashtiradi.

Shu nuqtai nazardan, mahalliy boshqaruvda raqamli nazorat tizimining o‘rnatilishi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt monitoring qilish va ularni tizimli bartaraf etishning eng maqbul yechimi ekanligi isbotlangan [6].

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Uchinchi nashr. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. – 346 b.
  2. Mirziyoyev Sh.M. Mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruza. 14.10.2025. https://president.uz/uz .
  3. Mirziyoyev Sh.M. 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishidagi ma’ruza. https://gov.uz/uz/news .
  4. Rustambayev M.H. O‘zbekistonning Jinoyat kodeksiga sharhlar (Umumiy qism). To‘ldirilgan va qayta ishlangan to‘rtinchi nashr. – Toshkent: TDYUU, 2023. – 45 b.
  5. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 3-modda.
  6. Klitgaard R. Controlling Corruption. – University of California Press, 2021. – P. 112.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Kaxarova, Munira (2026). The Criminological Significance of the “Mahalla Seven” System in Combating and Preventing Corruption. Criminology, 2(1), 103–107. https://doi.org/

Vancouver

Kaxarova, Munira. The Criminological Significance of the “Mahalla Seven” System in Combating and Preventing Corruption. Criminology. 2026;2(1):103-107.