The Necessity and Prospects of Developing a Strategy to Enhance the Effectiveness of Criminal Punishment
Annotation / Abstract
Abstract. The article analyzes the relevance of developing a strategy for increasing the effectiveness of criminal punishment, its theoretical and legal foundations, as well as its practical significance. In addition, the issues of ensuring the principles of humanism, justice, and prevention in the system of sentencing and execution of punishments are highlighted. The article also scientifically examines modern approaches, foreign experience, and перспективе directions aimed at improving the effectiveness of criminal punishment.
Full text
Jinoiy jazo – davlat tomonidan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qonun asosida qo‘llaniladigan majburlov chorasi. Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi [2].
Uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- ijtimoiy adolatni tiklash;
- mahkumni tuzatish;
- yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish;
- jamiyatda huquqiy tartibotni ta’minlash.
Jazoning samaradorligi ushbu maqsadlarga qay darajada erishilganligi bilan belgilanadi. Agar jazo shaxsni tuzatish va uning qayta jinoyat sodir etishining oldini olishga xizmat qilsa, bunday jazo samarali hisoblanadi.
Jinoiy jazoning samaradorligini oshirish strategiyasi – bu jinoiy jazoga tortishning va uni o‘tattirishni, jazoga tortilgan shaxslarning axloqan tuzalishiga erishishni, reabilitatsiyasini ta’minlash va ular bilan olib borilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan istiqboldagi vazifalar yig‘indisi.
Jinoiy jazo samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqishning zarurati quyidagilarda ko‘rinadi:
- Retsidiv jinoyatchilikning mavjudligi. Amaliyotda ayrim mahkumlarning jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin qayta jinoyat sodir etishi kuzatilmoqda. Bu holat jazo tizimida tarbiyaviy va profilaktik mexanizmlarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
- Insonparvarlik tamoyilini kuchaytirish. Zamonaviy huquqiy siyosat inson qadrini ulug‘lashga asoslanmoqda. Shu nuqtai nazardan, jazo nafaqat jazolash, balki shaxsni jamiyatga qayta moslashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
- Jazo choralarini individuallashtirish. Har bir jinoyat va jinoyatchining xususiyatlari turlicha bo‘lgani sababli jazo tayinlashda individual yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa samarali strategiya ishlab chiqishni talab qiladi.
- Jamiyat xavfsizligini ta’minlash. Samarali jazo siyosati jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlaydi, aholida adolatga ishonchni oshiradi.
- Xalqaro standartlarga moslashish. Bugungi kunda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro standartlar jazo tizimini liberallashtirish va mahkumlarning huquqlarini ta’minlashni talab etmoqda.
Globallashuv davrida inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro standartlarini jazoni ijro etish tizimiga to‘liq singdirish talab etiladi.
- Jazoning ijtimoiy qiymati. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlarini kengaytirish va ularning ijrosini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan samaraliroqdir.
Strategiya quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olishi lozim:
Jazolarni individuallashtirish va differensiatsiya qilish. Aybdorning shaxsi, jinoyatning sabablari va ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib, jazoni yanada aniqroq tayinlash.
Probatsiya xizmatini rivojlantirish. Jazoning ijtimoiy nazorat funksiyasini kuchaytirish orqali mahkumni jamiyatdan ajratmagan holda tuzatish.
References
Foydalanilgan manbalar / References
- Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2021. – 232-b.
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 7-moddasi. https://www.lex.uz/acts/111453
- Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari. https://ipkmvd.uz/media/pdf/kitoblar/11-_toplam_xuquqbuzarliklar_profilaktikasi.pdf
- Rustambаyev M.X. Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat huquqi. – Toshkent, 2020. https://library.tsul.uz/uz/books/24661
- BMTning mahkumlar bilan munosabat boʻyicha minimal standart qoidalari (Nelson Mandela qoidalari), 74-qoida. https://lex.uz/docs/7352133
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/8050769
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti